» » Qashqadaryolik shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazdi

Qashqadaryolik shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazdi


Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida yashovchi shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri ma’lum qilmoqda. Ta’kidlanishicha, to‘y 14-aprel kuni bo‘lib o‘tgan. To‘yga 50 nafar mehmon chaqirilgan.

“Kuyovning onasi bilan suhbatlashganimizda to‘yga xonanda chaqirmadik, shunchaki, kelinni olib keldik dedi”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manba. Qo‘shimcha qilinishicha, kelinning otasi M.R. tez tibbiy yordamda bosh shifokor, onasi T.X. ham shifokor bo‘lib ishlaydi. Oila tumanning “Quruvchilar” mahallasida yashaydi. Kuyovning opasi F.A. ham oliy toifali shifokor.

Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqda tarqalgan bu xabar o‘rganilayotganini, qudalar tibbiyot xodimlari ekanligiga oydinlik kiritilishini yozgan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yunusobod tumanida kuyov-navkar marosimi o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqalib, holat yuzasidan IIV matbuot xizmati bayonot bilan chiqqan haqida xabar berilgandi. Kuyov-navkar marosimida ishtirok etuvchilarning bari IIBga olib kelinganini ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 23-martdan boshlab O‘zbekistonda to‘ylar va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlangan. Shuningdek, maxsus komissiya qaroriga ko‘ra 27-martdan boshlab fuqarolarga zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqish ham mumkin emas. Ular dori-darmon yoki oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchungina tashqariga chiqishi mumkin. Karantin qoidalariga amal qilmaslik, ma’muriy hatto jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Mavzuga doir: Toshkentda karantin shartlarini buzib, nikoh to‘yi o‘tkazishga urinish holati kuzatildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют