» » “Paxtakor” qaytishni xohlamaydigan, Belarus chempionatida to‘purar bo‘lib turgan Jasur Yaxshiboyev intervyusi

“Paxtakor” qaytishni xohlamaydigan, Belarus chempionatida to‘purar bo‘lib turgan Jasur Yaxshiboyev intervyusi


Belarus chempionatida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy saytiga katta intervyu berdi. “Daryo” intervyuni o‘zbek tilida taqdim etadi.

Ma’lumot uchun, Yaxshiboyev jamoasi “Energetik-BGU” 4-turdan so‘ng 9 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Jasur esa 3 ta gol bilan to‘purarlar poygasida 1-o‘rinni band etib turibdi.

— Belarus chempionatidagi ajoyib start bilan tabriklayman. Erishgan muvaffaqiyatlaringiz o‘zingiz uchun ham kutilmagan bo‘ldimi? Bunchalik yaxshi tayyorgarlikning siri nimada?

“Belarus chempionatining ilk turidanoq ajoyib start oldik. Yevropada ancha mashhur bo‘lgan BATEga qarshi bahsda bizning g‘alaba qozona olishimizni, to‘g‘risi, hech kim kutmagandi. Biroq ushbu bahsning asosiy qismida biz katta ishtiyoq bilan o‘ynadik. Debyut o‘yinimda men ham o‘zimni faqat yaxshi tomondan ko‘rsatishga harakat qildim. Maydonda berilgan vazifani bajarish va gol urish juda muhim edi. Hujumchi har doim maydonga tushdimi, raqib darvozasini ishg‘ol qilishga harakat qilishi lozim. Men ham har doim shunga harakat qilaman”.

— Mavsum boshlanishiga qadar Belarusda nimalarga erishishni ko‘zlagan edingiz?

“Belarus chempionatiga kelishimning asosiy sababi — bu yerda o‘zimning eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatib, so‘ngra Yevropaning kuchli klublaridan biriga o‘tishni xohlashim bilan bog‘liq. Maqsadim — gollar urish va jamoadoshlarimning gol urishiga yordamlashish. Belarus chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lishni istayman”.

— Borisovda BATEni 3:1 hisobida mag‘lub etdingiz. Siz esa 2 ta gol urdingiz. Muxlislar ishtirokingizni qanday kutib oldi?

“BATEdek grand jamoaga 2 ta gol urish — ajoyib natija. Ko‘pchilik buni yaxshi qabul qildi. Dublga erisha olganimdan ko‘plab muxlislar juda xursand edi. Sekin-asta Belarusda meni tanib borishmoqda”.

— O‘zbekiston va Belarus futboli orasidagi farq qanday deb o‘ylaysiz?

“Agar Belarus va O‘zbekiston chempionatini o‘zaro solishtiradigan bo‘lsak, o‘yin uslubida biroz farq bor. Ikkala chempionat ham o‘ziga yarasha kuchli. Har bir chempionatning o‘ziga yarasha kuchli tomonlari bor. Bu yerda Yevropaga xos har holda shunga yaqinroq o‘yin ko‘rsatishadi. Belarus chempionatining darajasida ham ancha yaxshi”.

— Bu sizning legioner sifatida klubdagi birinchi tajribangiz. Farqlar qanday? Futbol maydoni va undan tashqarida qanday o‘zgarishlar qilish kerak bo‘ldi?

“Ha, faoliyatimda ilk bor legionerga aylandim. Legionerlar har doim mahalliy o‘yinchilarga qaraganda kuchli bo‘lishi shart. Ular har bir o‘yinda mahalliy o‘yinchilarga qaraganda kuchliroq va chiroyliroq o‘yin ko‘rsatishi lozim. Xorijda to‘p tepishning ko‘plab ustunlik beradigan taraflari ham bor. Inson sifatida o‘sish mumkin. Shuningdek, hozir men uchun ham futbolchi sifatida o‘sishga erishish uchun qulay vaqt hisoblanadi.”

— Koronavirus vaqtida davom etayotgan kam sonli ligalardan biri, albatta, Belarus chempionatidir. Futbolchi sifatida o‘zingizda ko‘proq diqqat-e’tiborni his qilyapsizmi? Yoki bu odatiy holga aylanib bo‘lganmi?

“Ko‘plab davlatlar o‘zlarida futbol bahslari to‘xtatilgani sabab Belarus chempionatini tranlyatsiya qilmoqda. Butun dunyoda Belarus chempionatini kuzatishmoqda. Bu juda yaxshi reklama. Futbolchilar uchun juda yaxshi imkoniyat. Shu boisdan ham o‘zimni faqat yaxshi tarafdan ko‘rsatishga harakat qilyapman”.

— “Energetik”ning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi hujumchisi Ilya Shkurin SSKA bilan shartnoma imzoladi. Hozir esa Belarus chempionatiga e’tibor odatdagidan kuchli. Agar shunday yaxshi ishtirok etishda davom etsangiz, sizda boshqa xorij klubiga o‘tish imkoniyati bo‘ladimi? Yoki hali ham “Paxtakor”ga qaytishdan umidvormisiz?

“O‘tgan mavsum Shkurinda bo‘lgan imkoniyat endi menda ham paydo bo‘lishi mumkin. Negaki ayni damda barcha Belarus chempionatini tomosha qilmoqda. Agar mavsum so‘ngiga qadar yaxshi o‘ynashda davom etsam, albatta, kuchli chempionatga o‘tib, grand jamoa libosida harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishim mumkin. Maqsadim aniq — Yevropada to‘p tepish. “Paxtakor”ga qaytishni xohlamayman”.

— Yil boshida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatida yarim finalga qadar yetib bordingiz. Jamoa Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi, ammo sizning ishtirokingiz yaxshi chiqdi. Ortga nazar tashlasak: bu musobaqa siz uchun qanday o‘tdi? Muvaffaqiyatmi, omadsizlikmi yoki shunchaki o‘rtacha?

“Tailanddagi Osiyo chempionatida yarim finalga chiqdi. Ammo bizning maqsadimiz Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdan iborat edi. Ammo umuman olib qaralsa, yarim final ham yomon natija emas. Ammo biz yozgi Olimpiada o‘yinlaridan quruq qoldik. Shuning uchun bu natijani muvaffaqiyatsizlik deb hisoblayman”.

— Ushbu chempionatdan olgan eng muhim jihatlar qaysi bo‘ldi?

“U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etish orqali o‘z tajribamizni oshirib oldik. Musobaqa darajasi ham yaxshi edi. Bu musobaqa yosh futbolchilarning o‘zini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat ham bo‘ldi. Menda ushbu chempionatdan faqat ijobiy taassurotlar qoldi”.

— Hozir 22 yoshdasiz? Ammo xalqaro futbol qachon qaytishini bilmaymiz. Biroq hozirgi tayyorgarligingiz, terma jamoaga tezroq qaytish imkoniyatini taqdim etadimi?

“Milliy terma jamoa sharafini himoya qilish — har bir futbolchi uchun sharaf. O‘zbekiston terma jamoasidan chaqiruv olish uchun Belarusda eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Kelajakda terma jamoamiz uchun muhim o‘yinchi bo‘lish niyatidaman. Jamoa uchun foydali futbolchi bo‘lishni xohlayman”.

Boshqa intervyu va maqolalar:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют