» » Paxtakorga qaytishni xohlamaydigan, Belarus chempionatida topurar bolib turgan Jasur Yaxshiboyev intervyusi

Paxtakorga qaytishni xohlamaydigan, Belarus chempionatida topurar bolib turgan Jasur Yaxshiboyev intervyusi


Belarus chempionatida top tepayotgan ozbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy saytiga katta intervyu berdi. Daryo intervyuni ozbek tilida taqdim etadi.

Malumot uchun, Yaxshiboyev jamoasi Energetik-BGU 4-turdan song 9 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-orinda bormoqda. Jasur esa 3 ta gol bilan topurarlar poygasida 1-orinni band etib turibdi.

Belarus chempionatidagi ajoyib start bilan tabriklayman. Erishgan muvaffaqiyatlaringiz ozingiz uchun ham kutilmagan boldimi? Bunchalik yaxshi tayyorgarlikning siri nimada?

Belarus chempionatining ilk turidanoq ajoyib start oldik. Yevropada ancha mashhur bolgan BATEga qarshi bahsda bizning galaba qozona olishimizni, togrisi, hech kim kutmagandi. Biroq ushbu bahsning asosiy qismida biz katta ishtiyoq bilan oynadik. Debyut oyinimda men ham ozimni faqat yaxshi tomondan korsatishga harakat qildim. Maydonda berilgan vazifani bajarish va gol urish juda muhim edi. Hujumchi har doim maydonga tushdimi, raqib darvozasini ishgol qilishga harakat qilishi lozim. Men ham har doim shunga harakat qilaman.

Mavsum boshlanishiga qadar Belarusda nimalarga erishishni kozlagan edingiz?

Belarus chempionatiga kelishimning asosiy sababi bu yerda ozimning eng yaxshi oyinimni korsatib, songra Yevropaning kuchli klublaridan biriga otishni xohlashim bilan bogliq. Maqsadim gollar urish va jamoadoshlarimning gol urishiga yordamlashish. Belarus chempionatining eng yaxshi topurari bolishni istayman.

Borisovda BATEni 3:1 hisobida maglub etdingiz. Siz esa 2 ta gol urdingiz. Muxlislar ishtirokingizni qanday kutib oldi?

BATEdek grand jamoaga 2 ta gol urish ajoyib natija. Kopchilik buni yaxshi qabul qildi. Dublga erisha olganimdan koplab muxlislar juda xursand edi. Sekin-asta Belarusda meni tanib borishmoqda.

Ozbekiston va Belarus futboli orasidagi farq qanday deb oylaysiz?

Agar Belarus va Ozbekiston chempionatini ozaro solishtiradigan bolsak, oyin uslubida biroz farq bor. Ikkala chempionat ham oziga yarasha kuchli. Har bir chempionatning oziga yarasha kuchli tomonlari bor. Bu yerda Yevropaga xos har holda shunga yaqinroq oyin korsatishadi. Belarus chempionatining darajasida ham ancha yaxshi.

Bu sizning legioner sifatida klubdagi birinchi tajribangiz. Farqlar qanday? Futbol maydoni va undan tashqarida qanday ozgarishlar qilish kerak boldi?

Ha, faoliyatimda ilk bor legionerga aylandim. Legionerlar har doim mahalliy oyinchilarga qaraganda kuchli bolishi shart. Ular har bir oyinda mahalliy oyinchilarga qaraganda kuchliroq va chiroyliroq oyin korsatishi lozim. Xorijda top tepishning koplab ustunlik beradigan taraflari ham bor. Inson sifatida osish mumkin. Shuningdek, hozir men uchun ham futbolchi sifatida osishga erishish uchun qulay vaqt hisoblanadi.

Koronavirus vaqtida davom etayotgan kam sonli ligalardan biri, albatta, Belarus chempionatidir. Futbolchi sifatida ozingizda koproq diqqat-etiborni his qilyapsizmi? Yoki bu odatiy holga aylanib bolganmi?

Koplab davlatlar ozlarida futbol bahslari toxtatilgani sabab Belarus chempionatini tranlyatsiya qilmoqda. Butun dunyoda Belarus chempionatini kuzatishmoqda. Bu juda yaxshi reklama. Futbolchilar uchun juda yaxshi imkoniyat. Shu boisdan ham ozimni faqat yaxshi tarafdan korsatishga harakat qilyapman.

Energetikning otgan mavsumdagi eng yaxshi hujumchisi Ilya Shkurin SSKA bilan shartnoma imzoladi. Hozir esa Belarus chempionatiga etibor odatdagidan kuchli. Agar shunday yaxshi ishtirok etishda davom etsangiz, sizda boshqa xorij klubiga otish imkoniyati boladimi? Yoki hali ham Paxtakorga qaytishdan umidvormisiz?

Otgan mavsum Shkurinda bolgan imkoniyat endi menda ham paydo bolishi mumkin. Negaki ayni damda barcha Belarus chempionatini tomosha qilmoqda. Agar mavsum songiga qadar yaxshi oynashda davom etsam, albatta, kuchli chempionatga otib, grand jamoa libosida harakat qilish imkoniyatiga ega bolishim mumkin. Maqsadim aniq Yevropada top tepish. Paxtakorga qaytishni xohlamayman.

Yil boshida Ozbekiston olimpiya terma jamoasi safida Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatida yarim finalga qadar yetib bordingiz. Jamoa Olimpiada yollanmasini qolga kirita olmadi, ammo sizning ishtirokingiz yaxshi chiqdi. Ortga nazar tashlasak: bu musobaqa siz uchun qanday otdi? Muvaffaqiyatmi, omadsizlikmi yoki shunchaki ortacha?

Tailanddagi Osiyo chempionatida yarim finalga chiqdi. Ammo bizning maqsadimiz Tokio Olimpiadasiga yollanmani qolga kiritishdan iborat edi. Ammo umuman olib qaralsa, yarim final ham yomon natija emas. Ammo biz yozgi Olimpiada oyinlaridan quruq qoldik. Shuning uchun bu natijani muvaffaqiyatsizlik deb hisoblayman.

Ushbu chempionatdan olgan eng muhim jihatlar qaysi boldi?

U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etish orqali oz tajribamizni oshirib oldik. Musobaqa darajasi ham yaxshi edi. Bu musobaqa yosh futbolchilarning ozini korsatish uchun yaxshi imkoniyat ham boldi. Menda ushbu chempionatdan faqat ijobiy taassurotlar qoldi.

Hozir 22 yoshdasiz? Ammo xalqaro futbol qachon qaytishini bilmaymiz. Biroq hozirgi tayyorgarligingiz, terma jamoaga tezroq qaytish imkoniyatini taqdim etadimi?

Milliy terma jamoa sharafini himoya qilish har bir futbolchi uchun sharaf. Ozbekiston terma jamoasidan chaqiruv olish uchun Belarusda eng yaxshi oyinimni korsatishga harakat qilaman. Kelajakda terma jamoamiz uchun muhim oyinchi bolish niyatidaman. Jamoa uchun foydali futbolchi bolishni xohlayman.

Boshqa intervyu va maqolalar:

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (15-04-2020, 14:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
:
-
:
20 ... -