» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 61 nafarga oshib, 1275 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 61 nafarga oshib, 1275 kishiga yetdi


O‘zbekistonda 15-aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 61 kishiga oshib, 1275 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. Avvalroq 15-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1214 taga yetgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tasdiqlangan bo‘lsa, o‘tgan vaqt davomida koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etdi, 99 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari vafot etgan.

Qayd etish joiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlarining qayd etilishi sezilarli oshdi. Xususan, 8-aprel kuni 26-kishida, 9-aprel kuni 36 kishida, 10-aprel kuni 87 kishida, 11-aprel kuni 98 kishida, 12-aprel kuni ham 98 kishida, 13-aprel kuni 133 kishida, 14-aprel kuni esa 167 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют