» » Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan 67 nafar shifokor o‘rin almashdi (foto)

Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan 67 nafar shifokor o‘rin almashdi (foto)


Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti klinikasining 67 nafar xodimi 15-aprel, chorshanba kuni, sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligida mas’ullar tomonidan reabilitatsiyaga kuzatildi. Ularning o‘rnida tibbiyot xodimlarining navbatdagi guruhi faoliyat boshladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu klinika jamoasining xalqaro standartlar asosida davo muolajalarini olib borganligi uchun 14-aprel kuni 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayishga erishdi. Ayni paytda mazkur shifoxonada 100 nafardan ortiq bemor davolanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bor mahorati va tajribasini ishga solgan holda mehnat qiligan tibbiyot xodimlariga chuqur ehtirom ko‘rsatgan holda ularning o‘rnida faoliyat boshlagan shifokorlarga muvaffaqiyat tiladi, deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 nafar bemor butkul sog‘ayib, 14-aprel kuni Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlari 28-mart hamda 12-aprel kunlari o‘rin almashgan edi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlarning har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Unga ko‘ra, vrach-xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘m. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 40) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют