» » Jismoniy tarbiya va sport vaziriga maslahatchi tayinlandi

Jismoniy tarbiya va sport vaziriga maslahatchi tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi, deya ma’lum qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Zokir Rasulov Jismoniy tarbiya va sport vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi.

Zokir Rasulov faoliyati davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlarda Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash bo‘limi boshlig‘i, vazir yordamchisi kabi lavozimlarda ishlagan.

Unga qonun hujjatlari va dasturlarning ijrosini tashkil etish hamda unga rioya qilishni nazorat qilish, hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlash va boshqa bir qator vazifalar yukalatiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют