» » Xitoyda bir kunda yana 46 kishi koronavirusga chalindi

Xitoyda bir kunda yana 46 kishi koronavirusga chalindi


Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 46 kishida koronavirus aniqlandi, bemorlarning 78 nafari tuzaldi, 1 kishi vafot etdi.

Qayd etilishicha, yangi kasallangan 46 bemorning 36 nafari virusni chetdan, qolgan 10 nafari mamlakatning o‘zida yuqtirgan. Ayni paytda virusni chetdan yuqtirish bo‘yicha umumiy hisobda 1 500 ta holat qayd etilgan. Ularning 904 nafari hali ham kasallanganligicha qolmoqda (shundan 45 nafari og‘ir ahvolda), 596 kishi tuzalgan. Virusni chetdan yuqtirganlarning birortasi vafot etmagan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Xitoyda umumiy hisobda 83 351 kishi koronavirusga chalingani qayd etilgan, 3 346 kishi vafot etgan.

Xitoy hukumati 1-apreldan boshlab koronavirus hech qanday belgilarsiz tarqalayotgani haqida ma’lum qilgandi. So‘nggi sutkada 57 ta shunday holat aniqlangan. Ularning 3 tasi chetdan yuqtirilgan.

Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 32 kishiga karantindan javob berilgan. Test ularda virus borligini ko‘rsatgan bo‘lsa ham, kasallikning hech qanday alomatlari aniqlanmagan. Ayni paytda kasallik alomatlari kuzatilmayotgan yana 1 023 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida esa so‘nggi sutka davomida koronaviruga chalinish bilan bog‘liq yangi holatlar aniqlanmagan, 39 kishiga kasalxonadan javob berilgan (ularning barchasi Uxan shahridan).

Avvalroq Xitoy o‘z hududida koronavirus epidemiyasi to‘xtaganini e’lon qilgandi. Keyinchalik mamlakat bosh epidemiologi Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishi ehtimolini baholadi. COVID-19 ni davolash bo‘yicha Shanxaydagi ekspertlar guruhi a’zosi insoniyat yoz faslida koronavirus pandemiyasidan butkul qutula olmasligi, noyabr oyida kasallikning yangi to‘lqini yuzaga kelishi mumkinligini aytdi.

Mavzuga doir: JSST vakili koronavirus dunyo bo‘yicha o‘z cho‘qqisiga chiqmaganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют