» » “Barselona” va “Chelsi” yarim himoyachilar rokirovkasini amalga oshirishi mumkin

“Barselona” va “Chelsi” yarim himoyachilar rokirovkasini amalga oshirishi mumkin


“Barselona” va “Chelsi” jamoalari yozgi transfer oynasida o‘zaro futbolchi almashishi mumkin.

Mundo Deportivo’ning xabar qilishicha, katalon klubi maydon markazini kuchaytirish uchun yarim himoyachi Ngolo Kante olib kelmoqchi. O‘z navbatida “Barselona” hujumkor yarim himoyachisi Filipe Koutinyo londonliklar safiga yo‘l olishi mumkin.

Avvalroq “Chelsi” 29 yoshli futbolchini 70 million yevro evaziga sotib yuborishga tayyor ekani xabar qilingandi. Koutinyo ham hozirda shu miqdordagi pulga baholanmoqda.

27 yoshli Koutinyo “Bavariya”da ijara asosida to‘p surmoqda, biroq myunxenliklar futbolchini sotib olish huquqidan foydalanmoqchi emas. Shu bilan birga “Barselona” Koutinyoni sotib yuborish istagida.

Ta’kidlanishicha, londonliklar klubi Kantening sport formasidan qoniqmayapti. Avvalroq uning xizmatlariga “Yuventus”, PSJ va “Real”dan qiziqish borligi xabar qilingandi. Koutinyoga esa “Tottenhem” va “Manchester Yunayted” befarq emas.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют