» » Yulduz Usmonovadan Ozoda Nursaidovagacha. Karantin sabab qaysi konsertlar qoldirildi?

Yulduz Usmonovadan Ozoda Nursaidovagacha. Karantin sabab qaysi konsertlar qoldirildi?


Koronavirus epidemiyasi sababli “Xalqlar do‘stligi” saroyidagi bir qancha konsert dasturlari vaqtincha qoldirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda konsert dasturi kunlari e’lon qilingan, ammo karantin sabab quyidagi konsert dasturlari vaqtincha qoldirilgan.

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘oston xalq artisti Yulduz Usmonova “Xalqlar do‘stligi” saroyida jonli ijrodagi konsert dasturini 10—25-mart kunlari taqdim qilishi rejalashtirilgan edi.

View this post on Instagram

A post shared by Yulduz Usmonova (@yulduzibragimovnausmonova) on

Yulduz Usmonovaning konsert dasturi koronavirus epidemiyasi sabab 16-mart kunidan boshlab qoldirildi.

Yulduz Usmonova ushbu vaziyat haqida “Daryo”ga bergan intervyusida u uchun avvalo muxlislarining sog‘lig‘i muhimligini alohida ta’kidlagan edi.

Xonanda Xurshid Rasulov o‘g‘li Sardor Rasulov bilan birgalikda 26—27-mart kunlari “Yoshligimga qaytgim keladi” deb nomlangan konsert dasturini taqdim qilishni rejalashtirgan edi. Ushbu dastur ham karantin sabab vaqtincha qoldirildi.

View this post on Instagram

Aziz muhlislar barchangizni 2020-yil 26-27-mart kunlari 19:00da bo’lib o’tadigan “Yoshligimga qaytgim keladi” konsert darsturimizga lutfan taklif etamiz. @xurshid_rasulov_official_ @sardorbek_rasulov @mojiza.media @film.uz @navo_tv_official @zortv.uz @milliytvofficial @tvsevimli @my5tv @iticket.uz

A post shared by XURSHID RASULOV official (@xurshid_rasulov_official_) on

Xonanda Xurshid Rasulov 17-mart kuni o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasiga vaqtincha qoldirilgan konsert dasturi 17—18-iyun kunlari bo‘lib o‘tishi haqida post joyladi.

View this post on Instagram

17-18 IYUN

A post shared by XURSHID RASULOV official (@xurshid_rasulov_official_) on

Xurshid Rasulovning konsert dasturi tugashi bilan “Million” jamoasi o‘zining navbatdagi konsert dasturini 28—30-mart, 1—6-aprel kunlari taqdim qilishi rejalashtirilgan edi. Karantin sabab ushbu dastur ham vaqtincha qoldirildi.

View this post on Instagram

?????????????????????????????? Яхши ният билан бошладик ???????? ?????Чипталар 5-февраль (чоршанба) куни сотувга чи?ади ???? #photoby @mukhiddinalee

A post shared by Davron Kabulov (@davron_kabulov) on

“Million” jamoasi sardori Davron Kabulov o‘zining Instagram sahifasida 15-mart kuni koronavirus sabab dastur 28—30-iyun, 1—6-iyul kunlariga ko‘chirilganligini, xarid qilingan biletlar o‘z kuchida qolganini ma’lum qilib post joyladi.

View this post on Instagram

COVID-19 коронавирус инфекцияси туфайли Ўзбекистонда карантин эълон ?илиниши муносабати билан «Миллион» жамоасининг Тошкентдаги «Хал?лар дўстлиги» саройида 28-30 март, 1-6 апрель кунлари ўтиши режалаштирилган концерти мос равишда 28-30 июнь, 1-6 июлга кўчирилди. Бунда харид ?илинган чипталарда саналар ўзгармайди, фа?ат ойлар алмашади. Мисол учун, 29-мартга олинган чипта 29-июнь куни ?а?и?ий ?исобланади, 3-апрель кунги концерт 3-июлда бўлиб ўтади. Мазкур ?олатда, чипта харид килган мухлисларнинг ра?амлар борасида чал?имасликлари, ?олаверса, ?озо?истон, ?ир?изистон, Тожикистон, Туркманистондан келадиган томошабинларнинг чегарада муаммоларга йўли?масликлари устувор йўналиш сифатида кўриб чи?илди. Яъни, Ўзбекистонда 3 ?афтада карантин ни?оясига етган та?дирда хам, Козогистонда бу жараён чўзилиши э?тимоли йў? эмас. «Миллион» жамоаси юзага келган вазиятда ўз мухлисларидан саломатликларига кўпро? эътибор беришларини сўрайди. ЭСДАН ЧИКАРМАНГ, ЭНГ ЗЎР САНЪАТКОРНИНГ ЭНГ ШОВ-ШУВЛИ КОНЦЕРТИ ?АМ СО?ЛИГИНГИЗ ОЛДИДА ?ЕЧ НАРСА ЭМАС! БУ СИНОВНИ БОШИМИЗНИ БАЛАНД КЎТАРГАН ?ОЛДА БИРГА ЕНГАМИЗ ВА НАСИБ ЭТСА ЁЗДА ЭНГ ЯХШИ ДАСТУР БИЛАН КЎРИШАМИЗ!!! P.S.: Новосибирск, Самара, Москва, Истанбул ша?арларига гастроллар бўйича я?ин кунларда маълумот берилади.

A post shared by Davron Kabulov (@davron_kabulov) on

O‘n yillik katta tanaffusdan so‘ng Ozoda Nursaidova 8—12-aprel kunlari o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim qilishni rejalashtirgan edi.

View this post on Instagram

???????? #alhamdulillah #ozoda2020 ___________________________________________ #ozoda #ozodaofficial #????? #ozodasaidzoda #ozoda2019 #ozodanursaidova #ozodateam #ozodamiddleeast #ozodanews #ozodanursaidova2020 #ozodanewphoto #озода #озоданурсаидова #озодасаидзода #озода2019 #озодановости #instagram #ozoda2020

A post shared by O Z O D A (@ozodaofficial) on

Xonanda Bunyodbek Saidov 14—16-aprel kunlari “Xalqim bilan” deb nomlangan konsert dasturini taqdim qilishi kerak edi. Bu dastur ham qoldirildi.

View this post on Instagram

Assalomu alaykum aziz muxlislar bu yilgi konsert kunlarimiz aniq boldi barchangizni kutib qolamiz.Biletlar allaqachon Xalqlar dostligi saroyi kassasida ....#konsert #2020 #new #musicvideo

A post shared by Administrator: +998914258888 (@bunyodbeksaidov) on

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz 18—23-aprel kunlari “Yurak so‘zi” deb nomlangan konsert dasturini taqdim qilishni rejalashtirgan edi.

View this post on Instagram

18-19-20-21-22-23 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan "YURAK SO‘ZI" nomli konsert dasturimizning chiptalari 2019 yilning 10 dekabridan sotuvda. Kassa soat 10.00dan 18.00gacha, dam olish kuni esa 10.00dan 17.00gacha ishlaydi. Shirin diydor qadar omon bo‘ling ?

A post shared by Alisher Fayz (@alisherfayz_official) on

O‘zbekistondagi karantin qachon tugashi hozircha ma’lum emas. Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov karantin may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha kattaligini ma’lum qildi. 2020-yilning may oyida esa quyidagi konsert dasturlari rejalashtirilgan edi.

Xonanda Odilbek Abdullayev 1—2-may kunlari ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim qilishi kerak edi.

View this post on Instagram

Allohning fazli bilan ko'pdan beri niyyat qilib yurgan ko'nsertimizning kuni xam belgilandi, barchanggizni kutamiz.

A post shared by Odilbek Abdullayev (@odilbekabdullayev_) on

Xonanda Navro‘z Sobirov esa 10—11-may kunlari “Xalqlar do‘stligi” saroyida mezbon bo‘lishni rejalashtirgan edi.

View this post on Instagram

Barcha san'at shinavanda muhlislarimizni jiyanimiz @navroz_sobirov ning yangi konsert dasturiga lutfan taklif etamiz!

A post shared by OG'ABEK SOBIROV???????????? (@ogabeksobirov) on

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov 15—16-iyun kunlari jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim qilish harakatida edi.

View this post on Instagram

Barcha san'atsevar muhlislarimizni taklif etamiz!

A post shared by OG'ABEK SOBIROV???????????? (@ogabeksobirov) on



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют