» » DSQ kartadagi pul aylanmasi haqida axborot olish tizimi yuzasidan Senatning munosabatiga javob berdi. Qaror loyihasi muhokamadan olindi

DSQ kartadagi pul aylanmasi haqida axborot olish tizimi yuzasidan Senatning munosabatiga javob berdi. Qaror loyihasi muhokamadan olindi


Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarori loyihasi turli mulohazalarga sabab bo‘lgandi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasining so‘roviga binoan, bir oy davomida jismoniy shaxslarning barcha bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 million so‘mdan (shu jumladan, chet el valyutasi milliy valyuta ekvivalentida bo‘lgan taqdirda) va tranzaksiyalar soni 10 tadan oshgan P2P operatsiyalari (jismoniy shaxslarning kartasidan kartasiga) to‘g‘risidagi axborotlar 3 ish kunida milliy hamda chet el valyutasida taqdim etilishi talab qilinayotgandi.

Mazkur qaror yuzasidan O‘zbekiston Senati, Savdo-Sanoat palatasi, Uzcard to‘lov tizimi o‘z munosabatini bildirgan. Mazkur tashkilotlar munosabatlarida loyihaning Soliq kodeksiga va “Bank siri to‘g‘risida” qonunga muvofiq emasligi, uning yashirin iqtisodiyot ulushi oshib ketishiga sabab bo‘lishi ta’kidlangan.

Muhokamalarda bildirilgan tanqidlar va munosabatlarga javoban, Davlat soliq qo‘mitasi va qo‘mita raisi o‘rinbosari Abdulla Azizov mazkur loyiha bo‘yicha izoh berib, undan ko‘zlanayotgan maqsadni tushuntirgandi hamda qaror loyihasi qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgandi.

Senat tomonidan ma’lum qilinishicha, Davlat soliq qo‘mitasi Senatning mazkur qaror loyihasi bo‘yicha bildirgan munosabatiga javob bergan.

Ta’kidlanishicha, Davlat soliq qo‘mitasining rais o‘rinbosari imzosi bilan 13-aprel kuni Senatga xat yo‘llangan. Xatda aytilishicha, maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq, hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlarning ijro muddati ikki oyga uzaytirilgan. Shuningdek, takliflar hamda e’tirozlar inobatga olinib, qaror va u bilan tasdiqlanadigan nizom loyihasi “regulation.gov.uz” saytidagi muhokamadan qaytarib olingan.

Hujjat loyihasining muhokamasi 2020-yil 21-aprelga qadar davom etishi rejalashtirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют