» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 107 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 107 kishiga yetdi


Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 8 nafari butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu tariqa, O‘zbekistonda koronavirusdan tuzlagan bemorlar soni 107 kishiga yetdi.

Sog‘aygan bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 6 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan. Bemorlardan ikki nafari Turkiyadan, yana bir nafari esa Rossiyadan Toshkentga charter reysi bilan kelgan. Qolgan besh nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 51 yoshda, eng kichigi esa 10 yoshda.

Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. Mazkur klinikada shu paytga qadar 56 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 64 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 15-aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 61 kishiga oshib, 1275 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirusdan tuzalganlar soni 14-aprelda 99 kishiga yetgan edi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tasdiqlangan bo‘lsa, o‘tgan vaqt davomida koronavirusni yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etdi,

Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют