» » “Yuventus”ning ikki nafar futbolchisi koronavirusdan xalos bo‘ldi

“Yuventus”ning ikki nafar futbolchisi koronavirusdan xalos bo‘ldi


“Yuventus” yarim himoyachisi Blez Matyuidi va himoyachi Daniele Rugani koronavirusni yengib o‘tdi. Bu haqda turinliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Har ikki futbolchi COVID-19 tahlilidan o‘tgan, natijalar virus yo‘qolganini ko‘rsatgan.

Ayni damda “Yuventus”ning yana bir futbolchisi Paulo Dibala uy sharoitida koronavirus bilan kurashmoqda. Avvalroq futbolchi o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgandi.

15-aprel holatiga Italiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 162 mingdan oshgan. 21 mingdan ziyod kishi vafot etgan bo‘lsa, 37 ming nafar bemor tuzalgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют