» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 3388 kishiga ko‘paydi. Mamlakatda koronavirus qayd etilmagan faqat bitta hudud qoldi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 3388 kishiga ko‘paydi. Mamlakatda koronavirus qayd etilmagan faqat bitta hudud qoldi


Rossiyada so‘nggi bir sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 3388 ta yangi holat qayd etildi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 24 490 kishiga yetdi. Bu haqda Kasallikga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab xabar berdi.

Kasallanish bo‘yicha eng ko‘p holat Moskva shahrida qayd etilmoqda. So‘nggi bir sutkada qayd etilgan holatlarning 1774 tasi aynan Moskvada aniqlangan. Shaharda kasallanganlarning umumiy soni 14 776 kishini tashkil etmoqda.

Shuningdek, Moskva viloyatida 272 ta, Murmansk viloyatida 137 ta va Sankt-Peterburg shahrida 130 ta holat aniqlangan.

Mamlakatda so‘nggi bir sutkada koronavirusdan 28 kishi vafot etgan bo‘lib, bu Rossiyada koronavirus tarqalganidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 198 kishiga yetgan. Ularning 106 nafari Moskva shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Bundan tashqari, 26 kishi Moskva viloyatida vafot etgan.

Rossiyada kasallikdan tuzalganlar soni 2 ming kishidan oshgan, ularning 292 nafari so‘nggi bir sutkada tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova 13-aprel kuni mamlakatda bir haftadan keyin koronavirusning tarqalishi sekinlashishiga va yangi holatlarning kamayishiga umid bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, umid qilishga boshqa mamlakatlarda kuzatilayotgan virus bilan bog‘liq vaziyat asos bo‘lmoqda.

Moskvada kasallanganlar sonining ortgani sababli shahar meri Sergey Sobyanin cheklov choralarini kuchaytirdi. Shaharda 15-apreldan boshlab jamoat va shaxsiy transportda harakatlanuvchilar uchun ruxsatnoma tizimi joriy qilindi.

Koronavirus mamlakatning 84 ta hududida aniqlangan. Koronavirus qayd etilmagan yagona hudud Oltoy Respublikasi bo‘lib qolmoqda. 15-aprel holatiga ko‘ra, mazkur hududda koronavirus bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.

Mazkur hududda ayni paytda boshqa hududlarda bo‘lib qaytgan 172 kishi nazorat ostida turibdi. Ularning barchasi uy karantiniga olingan. Koronavirusni aniqlash bo‘yicha 1789 kishida tekshiruv o‘tkazilgan, ularda virus aniqlanmagan. Oltoy Respublikasida 30-aprelgacha “o‘zini yakkalash” rejimi amal qiladi.

Avvalroq Rossiyadagi kasalxonalardan birida 9 nafar tibbiyot xodimi koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan edi. Shuningdek, Rossiya armiyasida koronavirus bilan kasallangan harbiylar borligi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Rossiya Senati Putin videomurojaatining Google’dan o‘chirib tashlanishi sababini o‘rganadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют