» » Sverdlovsklik 21 yoshli qiz “Rossiya go‘zali–2017” tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Sverdlovsklik 21 yoshli qiz “Rossiya go‘zali–2017” tanlovi g‘olibi bo‘ldi


Sverdlovsk viloyatida istiqomat qiladigan 21 yoshli Polina Popova “Rossiya go‘zali–2017” tanlovi g‘olibiga aylandi. Bu haqda 16-aprel, yakshanba kuni “TASS” xabar berdi. Tanlovda mamlakatning 50 nafar eng chiroyli qizlari ishtirok etdi.

Tanlovda moskvalik Kseniya Aleksandrova ikkinchi (birinchi vitse-go‘zal), boshqirdistonlik Albina Axmyatova esa uchinchi o‘ringa (ikkinchi vitse-go‘zal) sazovor bo‘ldi.

Tanlov g‘olibiga oq oltindan yasalgan, javohir va marvarid bilan bezatilgan umumiy qiymati 1 million dollardan ortiq bo‘lgan toj topshirildi. Bundan tashqari, 2017-yilgi “Rossiya go‘zali” 3 million rubl mukofot puli va avtomobilga ega bo‘ldi.

Polina Popova “Dunyo go‘zali” va “Koinot go‘zali” tanlovlarida Rossiya sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют