» » “Hududgazta’minot” AJ Kattaqo‘rg‘ondagi ikki qavatli uyda sodir bo‘lgan portlashning tafsilotlarini o‘rgandi

“Hududgazta’minot” AJ Kattaqo‘rg‘ondagi ikki qavatli uyda sodir bo‘lgan portlashning tafsilotlarini o‘rgandi


“Hududgazta’minot” AJ Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shaharidagi ikki qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

“2020-yilning 12-aprel kuni ertalab chamasi 07:20 lar atrofida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi ikki qavatli turar-joy binolaridan birida havo-gaz aralashmasi natijasida chaqnash sodir bo‘ldi.

Ushbu holatni o‘rganish bo‘yicha zudlik bilan ‘Hududgaz Samarqand’ MChJ bosh direktori Xolmurod Bobomurodov boshchiligidagi mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzildi. O‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi.

Chaqnash sodir bo‘lgan ushbu ikki qavatli, yerto‘lasiz hamda ikkita kirish yo‘lagiga ega turar joy binosi 1960-yilda qurilgan va gaz ta’minotiga ulangan. Xonadonlarda gaz plitalari mavjud, ammo isitish tizimi mavjud emas.

‘Hududgaz Samarqand’ MChJ mutaxassislarining o‘rganish bo‘yicha xulosalariga ko‘ra, chaqnash sodir bo‘lgan xonadonda ‘Brest’ markali to‘rt kamparakli (ko‘zli) gaz plitasi barcha texnik talablarga javob bergan, xonadondagi gaz quvurlari ham soz holatda bo‘lganligi aniqlandi.

Sodir bo‘lgan hodisaga esa gaz jihozlaridan foydalanishdagi ehtiyotsizlik sabab bo‘lgan. Xonadon egalari gaz plitasiga choynakda suv qo‘yib, oshxonani tark etgan. Suv qaynagach, xonadon egalari tomonidan o‘z vaqtida o‘chirilmaganligi sababli qaynayotgan suv toshib, olovni o‘chirgan. Gaz sizib chiqishining davom etishi oqibatida oshxonada xavfli havo-gaz aralashmasi to‘plangan. Xonadon egasi xonani shamollatmasdan turib, gugurt yoqib yuborgan va chaqnash sodir bo‘lgan. Oqibatda xonadonda yashovchi uch nafar fuqaro halok bo‘lgan, to‘rt nafari esa turli darajadagi tan jarohatlarini olgan”, — deyiladi “Hududgazta’minot” AJ axborot xizmatining xabarida.

12-aprel kuni Kattaqo‘rg‘on shahridagi aholi yashovchi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘lgani, portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani va 5 kishi jarohatlangani, keyinroq halok bo‘lganlar soni uch kishiga yetgani, portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют