» » Amerikada koronavirus sabab komada yotgan ayol farzandli bo‘ldi

Amerikada koronavirus sabab komada yotgan ayol farzandli bo‘ldi


Amerikaning Vankuver shahrida istiqomat qiluvchi ayol koronavirus sabab sun’iy koma holatida bo‘la turib farzandini dunyoga keltirdi, deb xabar beradi Mirror.

27 yoshli Anjela Primachenko 24-mart kuni koronavirusga test topshirgan va uning natijalari ijobiy chiqqan. Kasallik belgilari kuchaygach shifokorlar ayolni kasalxonaga yotqizib, sun’iy koma holatiga tushirishga qaror qilgan.

Primachenko sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanganida homilasi 33 haftalik bo‘lgan. Koma holatda yotganiga qaramay, ayol farzandini dunyoga keltirgan.

Hozircha chaqaloq reanimatsiya bo‘limida shifokorlar nazorati ostida, unda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirusga chalingan ayol farzandli bo‘ldi. Chaqaloqdan COVID-19 tahlili olingan

Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni Chirchiq shahridagi maxsus karantin zonasida saqlanayotgan ayol farzandli bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют