» » Yevropa Ittifoqi va Xitoy Trampning JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatish haqidagi qarorini qoraladi

Yevropa Ittifoqi va Xitoy Trampning JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatish haqidagi qarorini qoraladi


Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha vakili Jozep Borrel AQSh prezidenti Donald Trampning Vashington tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ni moliyalashtirish to‘xtatilishi haqidagi qarorini tanqid qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

“Pandemiyaga qarshi kurashish uchun JSSTning harakatlari zarur bo‘lib turgan bir paytda bu qarorni oqlashi mumkin bo‘lgan hech qanday sabab yo‘q. Inqiroz ustidan faqatgina kuchlarni birlashtirib g‘alaba qozonish mumkin”, — deb yozgan Yevropa Ittifoqi vakili Twitter’da.

Deeply regret US decision to suspend funding to @WHO. There is no reason justifying this move at a moment when their efforts are needed more than ever to help contain & mitigate the #coronavirus pandemic. Only by joining forces we can overcome this crisis that knows no borders.

— Josep Borrell Fontelles (@JosepBorrellF) April 15, 2020

Donald Trampning bu qarorini Xitoy, Germaniya va BMT ham qoraladi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyanning ta’kidlashicha, bu qaror tashkilotning imkoniyatlarini pasaytiradi va epidemiyaga qarshi turadigan xalqaro hamkorlikka zarar yetkazadi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning qayd etishicha, Trampning tashkilotga qo‘ygan ayblovi yordam bermaydi. “BMT va JSSTni, shu jumladan, testlar va vaksinalar ishlab chiqishda va tarqatishda qo‘llab-quvvatlash va kuchaytirish eng yaxshi investitsiya bo‘lgan bo‘lar edi”, — deb ma’lum qilgan Germaniya TIV rahbari.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning ma’lum qilishicha, JSSTni qo‘llab-quvvatlash kerak, chunki uning faoliyati COVID-19 bilan urushda g‘alaba qozonish uchun dunyo hamjamiyatining harakatlari doirasida juda muhim hisoblanadi, hozir resurslarni qisqartiradigan vaqt emas.

Tramp BMTning organi hisoblanadigan JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatish haqida bir necha marta gapirgan. AQSh prezidenti yangi turdagi koronavirusning tarqalishida JSSTni aybdor deb hisoblamoqda. Tashkilotga badal to‘lashni to‘xtatish haqida Tramp 14-aprel kuni ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatishini ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1948-yilning 7-aprel kuni ta’sis etilgan. AQSh har yili JSSTning budjetiga 400-500 million dollar o‘tkazib beradi, Xitoy esa 40 million dollar to‘laydi. Tashkilotning ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning hissasi 14,7 foizni tashkil qiladi. Undan keyingi o‘rinda Bill va Melinda Geytsning xususiy fondi 9,76 foiz bilan turadi. Mamlakatlardan ikkinchi o‘rinni 7,79 foiz hissa bilan Buyuk Britaniya egallab turadi. Uchinchi o‘rinda Germaniya 5,68 foiz bilan turadi. Xitoyning tashkilot budjetidagi hissasi 0,21 foizni tashkil qiladi.

Mavzuga doir: Xalqaro valyuta jamg‘armasi COVID-19 sabab dunyo iqtisodiyotining o‘ta og‘ir qulashini prognoz qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют