» » “Shaytanat” serialining yakuniy qismi Zo‘r TV’da namoyish etilmadi

“Shaytanat” serialining yakuniy qismi Zo‘r TV’da namoyish etilmadi


“Shaytanat” serialining yakuniy 21-qismi Zo‘r TV’da namoyish etilmadi. Telekanalning 15-aprelga mo‘ljallangan teledasturlari ro‘yxatidan “Shaytanat” seriali ham joy olgandi. Biroq soat 20:00 dan boshlab amerikalik kinoijodkorlarning “Panjara ortida” seriali namoyish etilishni boshladi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning “Shaytanat” asari o‘tgan asrning 90-yillarida dunyo yuzini ko‘rgan va o‘n besh yildan ortiq vaqt mobaynida jami beshta kitob millionlab nusxada chop etilgan edi.

Yodgor Sa’diyev rahbarligidagi “Qalqon” studiyasi tomonidan ishlangan “Shaytanat” seriali namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi. Serial 20 yil davomida televideniyeda qo‘yilmagandi.

Serialning 20 ta qismini YouTube’dan topish mumkin. Uning 21-qismi uzoq yillar avval suratga olingan, ammo shu vaqtgacha hech qayerda namoyish etilmagan.

2016-yilda bergan intervyusida Yodgor Sa’diyev turmush o‘rtog‘ining ruhini shod etish uchun 21-qism ustidagi ishlarni yakunlab qo‘ymoqchi ekanligini aytgandi.

“Bundan bir necha yil ilgari ‘Shaytanat’ning 21-qismini suratga olib qo‘ygandik, montaj qilinmagandi. Turmush o‘rtog‘im ‘Shuni oxiriga yetkazing’, deb o‘zi ham ko‘rmay ketdi. Hozir uning shu iltimosini bajaryapman. Montaj tugadi, endi ovozlashtirish ishlarini nihoyasiga yetkazsak, uning iltimoslaridan birini bajargan, ruhini shod qilgan bo‘laman”, — degandi Yodgor Sa’diyev.

2019-yilda bergan intervyusida Yodgor Sa’diyev 21-qism yakuniy qism bo‘lishini aytgandi.

“Men o‘zimcha shu bilan ‘Shaytanat’ serialini tugatdim. Men buyog‘iga qadam ham bosmayman, chunki Tohir akaning ham so‘zini olganman. Shu bilan tugataman desam, ‘Yaxshi qilibsiz’, dedilar”, — degandi Yodgor Sa’diyev.

“Shaytanat”ning 21-qismi nima uchun Zo‘r TV’da namoyish etilmaganiga tezkor javob olishning imkoni bo‘lmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют