» » Germaniyada ommaviy tadbirlar o‘tkazish sentabrgacha taqiqlandi. Bundesliganing qolgan o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin

Germaniyada ommaviy tadbirlar o‘tkazish sentabrgacha taqiqlandi. Bundesliganing qolgan o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin


Germaniyada koronavirus pandemiyasi sabab ommaviy tadbirlarni cheklash muddati oshirildi.

Federal hukumatning qaroriga ko‘ra, 31-avgustga qadar ko‘p odam qatnashadigan tadbirlar o‘tkazish taqiqlangan.

23-aprel kuni Bundesliga klublari videokonferensiya o‘tkazadi. Unda yakunlanmay qolgan joriy mavsumning kelajagi muhokama qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Nemis futbol ligasi (DFL) qolgan uchrashuvlarni tomoshabinlarsiz o‘tkazish istagida ekani xabar qilingandi. Shuningdek, liga bahslari 30-aprelga qadar boshlanmasligi aytilgandi.

Germaniya 15-aprel hotiga koronavirus yuqtirib olganlar soni 132,5 mingdan oshdi. 3,5 ming kishi vafot etgan bo‘sa, 72 mingdan ziyod kishi tuzalib ketgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют