» » APL. “Everton” turnir jadvalida “Yunayted” va “Arsenal”dan oldinga o‘tib oldi

APL. “Everton” turnir jadvalida “Yunayted” va “Arsenal”dan oldinga o‘tib oldi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasining 33-turidan joy olgan yetti uchrashuv 15-aprel — shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Ronald Kuman murabbiylik qilayotgan “Everton” o‘z maydonida zafar quchib, turnir jadvalida “Yunayted” va “Arsenal”dan oldinroqqa o‘tib oldi. Bugun “Yunayted” markaziy o‘yinda “Chelsi”ni qabul qilsa, “Arsenal” “Midlsbro” maydoniga safar etadi.

Mazkur turda chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Tottenhem” navbatdagi yirik g‘alabasiga ega chiqdi. Ayni vaqtda “shporlar” “Liverpul” bilan birgalikda APLda eng ko‘p gol urgan jamoa bo‘lib turibdi — 68 ta gol. Eng kam gol o‘tkazish bo‘yicha “Tottenhem”ning o‘zi yaqqol peshqadam.

Pep Gvardiola boshchilik qilayotgan “Manchester Siti” safardan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Angliya Premyer-ligasi
33-tur bellashuvlari
15-aprel, shanba

Gollar: Mussa Dembele, 16 (1:0). Son Xyon Min, 19 (2:0). Harri Keyn, 48 (3:0). Vinsent Yanssen, 90+3 (4:0).

Gollar: Robert Xut, 6 (0:1). Jeymi Vardi, 52 (0:2). Yoan Kabay, 54 (1:2). Kristian Benteke, 70 (2:2).

Gollar: Andre Ayyu, 5 (0:1). Vaxbi Xazri, 26 (1:1). Jeyms Kollinz, 47 (1:2). Fabio Borini, 90 (2:2).
Chetlatish: Sem Bayrem, 90+5 (V).

Gollar: Marko Arnautovich, 6 (1:0). Harri Magvayr, 51 (1:1). Piter Krauch, 66 (2:1). Jerdan Shakiri, 80 (3:1).

Gol: Etyen Kapu, 42 (1:0).

Gollar: Fil Jagiyelka, 49 (1:0). Sem Vouks, 52-pen (1:1). Benjamin Mi, 71-avt (2:1). Romelu Lukaku, 74 (3:1).

Gollar: Vensan Kompani, 55 (0:1). Leroy Sane, 78 (0:2). Serxio Aguero, 80 (0:3).

Опубликовано: admin (16-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют