» » Transport vazirligi karantinda xizmat qilayotgan yuzlab avtobus haydovchilari mehnatini arzimas tushunmovchilik sabab yo‘qqa chiqarmaslikni so‘radi

Transport vazirligi karantinda xizmat qilayotgan yuzlab avtobus haydovchilari mehnatini arzimas tushunmovchilik sabab yo‘qqa chiqarmaslikni so‘radi


O‘zbekiston Transport vazirligi karantin vaqtida xizmat qilayotgan yuzlab avtobus haydovchilari mehnatini arzimas tushunmovchilik sabab yo‘qqa chiqarmaslikni so‘radi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlashicha, koronavirus sabab O‘zbekistonda karantin e’lon qilinganidan buyon bir necha hafta o‘tdi. Ushbu muddatda mazkur virus bilan kasallanganlar ming nafardan oshdi. Ana shunday murakkab sharoitda hukumat barcha zarur choralarni qo‘llab, kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, “Toshshahartransxizmat” AJ zimmasiga transport bilan ta’minlash yuklatilgan. Karantin davrida muddatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni karantin hududidan olib chiqish va ularni markazlashgan tartibda yashash manzillariga yetkazish hamda shahardagi boshqa klinikalardan qariyb 7 mingga yaqin fuqarolarni karantin hududiga olib borishga jamiyatning 200 dan ortiq avtobuslari xizmat qilib kelmoqda. Bundan tashqari xorijdan olib kelingan 5 mingga yaqin fuqarolarni karantin hududlariga olib borishga qariyb 170 ta avtobus ajratilgan.

Mavzuga doir: Toshkentda avtobus haydovchisi karantindan chiqqanlarni uylariga yetkazmasdan yo‘lda tashlab ketgani ma’lum bo‘ldi

“Albatta, mazkur xizmatni tashkil etishda avtobuslarning texnik hamda sanitarik holatini talab darajasiga keltirishda jamiyatning yuzlab ishchi xodimlari tinimsiz mehnat qilmoqda. Yuzlab haydovchilar sog‘liqlarini xavf ostiga qo‘yib, kasallik o‘choqlariga kirib bormoqda.

O‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, karantin muddatida kasallikning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan har bir sa’y-harakatni qadrlash, shunga monand munosabat bildirish lozim. Jumladan, ko‘rsatilayotgan avtobus xizmatlaridan oqilona foydalanishimiz, transport vositalarini asrab-avaylashimiz shart”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, manzillariga yetkazilayotgan ayrim fuqarolar avtobuslarni uy yo‘laklarigacha olib borishlari yoki katta hajmdagi transport vositalarini tor ko‘chalardan yurishga majbur qilish holatlarining uchrayotgani boshqa yo‘lovchilar xavfsizligiga raxna solish bilan birga ba’zan avtobuslarning shikastlanishiga ham olib kelayotgani qayd etilgan. Ana shunday holatlarda haydovchi va fuqarolar o‘rtasida tushunmovchiliklar ham yuzaga kelayotgani ta’kidlangan.

Mavzuga doir: Transport vazirligi: “Karantindan olib kelinayotgan 50 nafar fuqaro yo‘lda qoldirib ketilgani asossiz va haqiqatdan yiroq”

“Albatta, ‘Toshshahartransxizmat’ AJ avtobuslari hamisha xizmatingizda. Ammo ulardan samarali foydalanishda siz ham mas’uliyatli bo‘ling. Qolaversa, ko‘rsatilayotgan keng ko‘lamdagi xizmatlar hamda uning ortidagi yuzlab kishilarning mehnatlarini arzimagan tushunmovchiliklar sabab yo‘qqa chiqarmang”, — deydi vazirlik va ayni kundagi murakkab sharoitda ko‘rsatilayotgan transport xizmati bilan bog‘lik muammolar yuzaga kelsa, jamiyatning 1062 ishonch telefoniga murojaat qilishni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют