» » Toshkent viloyati IIBB Yangiyo‘l shahrida tunda qurol ko‘tarib yurgan shaxslar bo‘yicha ma’lumot berdi

Toshkent viloyati IIBB Yangiyo‘l shahrida tunda qurol ko‘tarib yurgan shaxslar bo‘yicha ma’lumot berdi


Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati Yangiyo‘l shahrida tunda miltiq ko‘tarib yurgan va daydi itlarni otayotgan shaxslar haqida tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB JQB va Yangiyo‘l shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu notanish kishilarning shaxsi aniqlandi.

Ular Yangiyo‘l shahar Navro‘z dahasida yashovchi 1976-yilda D.S., 1982-yilda tug‘ilgan A.X. va 1983-yilda tug‘ilgan A.K. ekanligi aniqlangan. “Ovchilar”dan 2 dona sport pnevmatik (tir) miltig‘i hujjatlari bilan daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, ular suhbat jarayonida o‘zlariga tegishli bo‘lgan sport pnevmatik (tir) miltiqlarini Toshkent shahridagi “Dinamo” sport do‘konidan hujjatlar asosida rasmiylashtirib olganligini va karantin davrida yosh bolalari uyda bo‘lganligi sababli xavfsizlik yuzasidan ushbu qurollarni tanishi “Ulug‘bek” ismli shaxsning uyiga olib ketayotganligini va jonivorlarga qarata o‘q otmaganligini ma’lum qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Batafsil ma’lumot beriladi, deyilgan Toshkent viloyati IIBB axborot xizmatining xabarida.

Mavzuga doir: 

Avval tonirovkali Captiva’da o‘yinchoq qurol bilan videorolik tasvirga olgan va uni Instagram’ga yuklagan bekobodlik yigit ushbu harakati uchun kechirim so‘ragandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют