» » Koronavirusdan vafot etgan farg‘onalik ayolning virus yuqtirgan 2 oylik nabirasi sog‘aydi

Koronavirusdan vafot etgan farg‘onalik ayolning virus yuqtirgan 2 oylik nabirasi sog‘aydi


Koronavirusdan vafot etgan 59 yoshli farg‘onalik ayolning virus yuqtirgan ikki oylik nabirasi sog‘aydi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan ikki oylik chaqaloq tuzalgan bo‘lsa-da, shifoxonada qolmoqda. Boisi, chaqaloqning onasining muolajalari davom etmoqda.

“Bugungi kungacha Farg‘ona viloyatida 78 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Samarali davolash muolajalaridan keyin bemorlarning ikki nafari to‘liq tuzalib, reabilitatsiyaga olingan. Bir bemor vafot etgan. Ayni paytda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 75  nafar bemor davolanmoqda. Tajribali shifokorlarimiz bemorlarning tezroq sog‘ayishi uchun astoydil kurashyapti. Buning uchun shifoxonamiz zarur dori-darmonlar, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, himoya vositalari bilan ta’minlangan”, — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov.

Ta’kidlash joiz, Umra safaridan qaytgan yozyovonlik 59 yoshli ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, uning turmush o‘rtog‘i, ikki farzandi va kelini ham virus yuqtirgani ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Umra safarida bo‘lib qaytgan yozyovonlik ayol 11-aprel kuni vafot etdi. 13-aprel kuni esa viloyatda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning ikki nafari butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Mavzuga doir: Namanganda koronavirusdan sog‘ayganlar orasida ikki oylik chaqaloq ham bor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют