» » AQShda senator va jurnalistlar oraliq masofa saqlab suhbatlashmoqda. Bu xuddi “Garri Potter” filmi sahnasiga o‘xshaydi

AQShda senator va jurnalistlar oraliq masofa saqlab suhbatlashmoqda. Bu xuddi “Garri Potter” filmi sahnasiga o‘xshaydi


Amerikalik senator Mitch Makkonnell parlamentchilarning navbatdagi majlisidan so‘ng foyega chiqib jurnalistlarga intervyu berdi, deb yozadi Esquire.

Ushbu muloqot ijtimoiy masofalanish qoidalariga rioya etgan holda o‘tkazildi: jurnalistlar senatordan uzoqroqda turib, unga tomon diktofon va mikrofonlarini uzatdi.

Intervyu jarayonini Reuters fotografi Tom Brenner tarixga muhrladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu surat “Garri Potter” filmidagi sahnani eslatayotganini yozib qoldirdi: aylana bo‘ylab sehrli tayoqchalarini cho‘zib turgan sehrgarlar, markazda esa Volan-de-Mort turibdi.

“Nima uchun bu holat sehr vazirligining yetti sehrgari Mitchni tutish uchun bor imkonini ishga solayotganga o‘xshaydi?”, — deb yozdi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

why does it look like seven Ministry of Magic wizards are trying to cast Stunning spells to take down Mitch at the same time pic.twitter.com/7EFKpmqZlM

— The Library Owl ??????????????? (@SketchesbyBoze) April 10, 2020

Phasers on stunned.
pic.twitter.com/8Vyyjq3g0b

— Whistleblower (@45Whistleblower) April 10, 2020

Mavzuga doir: “Garri Potter” haqidagi kitoblar muallifi nafas olish texnikasi yordamida koronavirusdan tuzalganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют