» » BMT bosh kotibi Suriyadagi teraktni qoraladi

BMT bosh kotibi Suriyadagi teraktni qoraladi


BMT bosh kotibi Antonio Guterrish 15-aprel, shanba kuni Suriyaning Rashidin tumanida qochoqlarni olib ketayotgan avtobuslar yo‘lida amalga oshirilgan, 100 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan teraktni qoraladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Biz Al-Fua va Kefraya qishloqlaridan hukumat nazorati ostidagi tumanlarga olib ketilayotgan besh ming kishiga nisbatan Rashidinda amalga oshirilgan hujumni qoralaymiz. Biz hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarga tezda tuzalib ketishini tilaymiz”, — deyiladi bayonotda. Shuningdek, BMT bosh kotibi barcha tomonlarni evakuatsiyani kutayotgan kishilarning xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.

Portlashni amalga oshirgan terrorchilar oziq-ovqat yetkazib beruvchi mashinaga portlovchi qurilma o‘rnatgan. Portlash avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi yonida yuz bergan va yong‘inni keltirib chiqargan. SANA agentligining ma’lumotiga ko‘ra kolonnani olib ketayotgan Suriya Qizil Yarim oy jamiyatining bir nechta avtomobili yonib ketgan.

Hukumat armiyasi va muxolifat kuchlari o‘rtasidagi kelishuvga asosan, Al-Fua va Kefrayadan birinchi bosqichda 8 ming kishi evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan. Ikkinchi bosqichda evakuatsiya qilinadigan 8,2 ming kishi Xoms va Latakiyaga joylashtiriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют