» » Inglizcha “pushka”, Zidancha zakiylik va betakror Zlatan. 2018/19-yilgi mavsumning eng chiroyli o‘nta goli bitta sahifada

Inglizcha “pushka”, Zidancha zakiylik va betakror Zlatan. 2018/19-yilgi mavsumning eng chiroyli o‘nta goli bitta sahifada


Koronavirus pandemiyasi sabab dunyo bo‘ylab deyarli barcha sport musobaqalari to‘xtatildi. Shu jumladan, futbol bo‘yicha musobaqalar ham. “Daryo” muxlislarning talab va takliflarini inobatga olgan holda turli musobaqalarda urilgan eng sara gollarni taqdim etib boradi. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida FIFA tomonidan 2018/19-yilgi mavsumning eng chiroyli goli uchun beriladigan “Pushkash” sovriniga da’vogarlik qilgan gollarni eslaymiz.

Kualyarella uchun 2018/19-yilgi mavsum faoliyatidagi eng yaxshilardan biri bo‘lgandi. O‘sha vaqtda 35 yoshni qarshilab qo‘ygan futbolchi mavsum yakunlariga ko‘ra A Seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘lishga erishgan. Mazkur bahsda tajribali futbolchi antiqa goli bilan genuyaliklarning “Napoli” ustidan sensatsion g‘alabasiga (3:0) o‘z hissasini qo‘shgandi.

Messining benefisiga aylangan bahs (1:4). Argentinalik futbolchi 85-daqiqada mana shu shedevrga mualliflik qilgan va uchrashuvda het-trikni rasmiylashtirgandi. O‘ta aniq hisob-kitob bilan kiritilgan to‘pga “Benito Vilyamarin” stadioni ham olqishlar bilan munosib javob qaytargandi.

Shimoliy Irlandiyaning ayollar ligasi doirasidagi bahsda Simpson kutilmagan holatda chiroyli gol muallifiga aylangandi. Shimoliy Irlandiya ayollar terma jamoasi vakilining mazkur goli e’tiborsiz qolmadi.

Jarima zarbalaridan chiroyli gol urish salohiyatini yaxshi o‘zlashtirgan Kinterodan navbatdagi san’at asari! Xuanning mazkur goli “River Pleyt”ning bo‘lajak chempion ustidan g‘alaba qozonishida (2:0) muhim rol o‘ynagandi.

Taunsend ijrosidagi ajoyib goldan keyin londonliklar oldinga o‘tib oladi va uchrashuv yakuniga qadar hisobdagi ustunlikni saqlab qoladi (3:2). Mazkur bahs Pep Gvardiola shogirdlarining o‘sha mavsumdagi omadsiz davri yakunlanishi arafasi edi. Yanvardan boshlab mavsum oxiriga nimalar bo‘lganini o‘zingiz yaxshi eslasangiz kerak.

Ayollar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining guruh bosqichida Ajara 96-daqiqada chiroyli golga muallif bo‘lgan va jamoasiga musobaqadagi yagona g‘alabani taqdim qilgandi (2:1).

Zidan uslubida himoyachini dog‘da qoldirish va darvozabon ustidan “parashyut”! Mateus bir golda ikkita chiroyli harakatni amalga oshirgan holda “buqalar”ning g‘alabali o‘yiniga chiroyli nuqtani qo‘ygandi (4:2).

To‘pni o‘z yarim maydonida qabul qilib olgan “Yuta” futbolchisi Emi Rodriges bir nechta raqibni aldab o‘tgan holda chiroyli gol muallifiga aylangandi.

Oddiy gol urishni bilmaydigan Ibragimovich yakkakurash usullarini qo‘llab to‘p kiritgan va uchrashuvdagi intrigani qaytargandi. Dastlab 0:3 hisobida ortda borayotgan “Gelaksi” hisobni tenglashtirishga erishadi. Biroq yakunda kanadaliklar yana ikkita to‘p kiritgan holda g‘alabani tantana qiladi (5:3).

Daniel Jorining hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda kiritgan shedevr goli mezbonlarga yetakchi ustidan g‘alabani taqdim etgandi. Vengriya chempionatini bezagan mazkur gol FIFA talqiniga ko‘ra “Pushkash” sovriniga loyiq ko‘rilgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют