» » Nurafshon shahrida keksa odamlarga tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi

Nurafshon shahrida keksa odamlarga tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi


Ichki ishlar vazirligining Tergov departamenti 12-aprel, yakshanba kuni, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida mast holatda o‘g‘rilik sodir etayotgan vaqtida keksa kishilar bo‘lgan uy egalariga tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga tushganini xabar qildi.

“2020-yil 12-aprel soat 23:30 da muqaddam bir necha marotaba sudlangan 28 yoshli X.X. spirtli ichimlik ta’sirida Nurafshon shahar ‘Navro‘z’ mahallasida yashovchi, 88 yoshli Z.A.ning xonadoniga deraza orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonadagi shkaflarini ochib, moddiy qimmatliklarni qidirayotgan vaqtida Z.A. bu harakatlarini sezib qolganida X.X. qo‘llari bilan uning bosh qismiga urib, oyoqlari bilan tepib, uy egasining turmush o‘rtog‘i 85 yoshli M.A.ga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatgan. Tokchada turgan qaychi bilan uning qo‘llarini kesib, tan jarohati yetkazgan.

Hodisa joyidan 3 dona barmoq izlari, bir dona qaychi, X.X.ga tegishli qora rangli qishki kepka, oyoq izlari, qon surtmalari tegishli tartibda olingan.

Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan”, — deyiladi xabarda.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют