» » AQShda koronavirusga qarshi o‘tkazilayotgan testlar soni keskin qisqardi

AQShda koronavirusga qarshi o‘tkazilayotgan testlar soni keskin qisqardi


AQSh xususiy laboratoriyalarida odamlarning COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan testlar soni oxirgi bir hafta davomida mamlakatning turli shtatlarida kasallikka chalinish holatlari ko‘payganiga qaramay 30 foizga qisqargan. Xususiy tadqiqot markazlari avval katta yuklamaga dosh bera olmagan bo‘lsa, endi tahlil uchun topshirilgan namunalarni kutib o‘tiribdi, deya xabar bergan Politico.

Quest Diagnostics AQShdagi eng asosiy ikkita klinik laboratoriyalardan biri, muassasa mart oyi oxirida xodimlarining kuniga 160 mingta testni tekshirishga ulgurmaganini bildirgandi, hozirda ular kuniga 45 mingta testni tahlil qilayotgan bo‘lsa ham markaz to‘liq quvvat bilan ishlayotgani yo‘q.

Testlar sonining keskin qisqarishiga AQSh kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tomonidan tahlil mezonlarining qayta ko‘rib chiqilgani sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu mezonlarning oxirgi e’lon qilingani va ayni paytda o‘z kuchida bo‘lgan nusxasida test qilish, avvalo, kasalxonalarga yotqizilgan bemorlarda, sog‘liqni saqlash va koronavirus yuqtirib olish ehtimoli baland bo‘lgan aholi vakillari, masalan, yoshi keksa odamlarda amalga oshirilishi belgilangan. Biroq ushbu cheklovlar boshqa aholi guruhlarining yetarli darajada e’tiborga olinmayotganini anglatmoqda.

Aholini keng qamrovli test qilish amerikalik amaldorlar karantin shartlarini yengillashtirishi va yopib qo‘yilgan muassasalarning ochilishiga ruxsat berishi uchun zarur deb hisoblanmoqda. Testlar sonining qisqargani shundoq ham og‘ir vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

Ayni kunlarda Oq uyning koronavirus masalalari bo‘yicha ishchi guruhi testlar bo‘yicha mazkur me’yorlarni soddalashtirish ustida bosh qotirmoqda. “Ushbu masala biz muhokama qilayotgan dolzarb muammolardan biri, uni hal etish yuzasidan ish olib borilmoqda”, — degan AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va sanitar nazorat boshqarmasi rahbari Stiven Xan.

Mavzuga doir: 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp karantinni bekor qilish bo‘yicha mutlaq vakolatni talab qilgan va 1-maydan boshlab karantin choralari yengillashishini va’da bergandi. AQShda epidemiya boshlanganidan beri 15-aprel holatiga ko‘ra koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha jami 609 mingta holat kuzatilgan, 26 mingga yaqin odam COVID-19 oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют