» » Navoiyda yangi tug‘ilgan chaqaloq karantin cheklovi sababli IIB xizmat mashinasida uyiga olib borildi (foto)

Navoiyda yangi tug‘ilgan chaqaloq karantin cheklovi sababli IIB xizmat mashinasida uyiga olib borildi (foto)


Karantin davrida transport vositalari harakatiga qo‘yilgan cheklov sababli Navoiy shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloq tug‘ruqxonadan o‘z uyiga ichki ishlar xodimlarining xizmat mashinasida olib borildi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15-aprel kuni Navoiy shahrida yashovchi fuqaro Rustam To‘layev “Sevimli” kanali Navoiy viloyati muxbiriga telefon orqali murojaat etib, yaqinda farzandli bo‘lganligini, ayni paytda turmush o‘rtog‘i hamda chaqaloqning viloyat tug‘ruqxonasidan chiqishiga ruxsat berilganini aytgan. Biroq karantin muddatida shahar ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati cheklanganligi munosabati bilan yo‘l uzoqligi sababli farzandi hamda turmush o‘rtog‘ini o‘z xonadoniga olib kela olmayotganligini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, Rustam To‘layevning muammosiga viloyat ichki ishlar organlari xodimlari ijobiy yechim topilgan. Patrul-post xizmati xodimlari ko‘magida chaqaloq va uning ota-onasi yashash xonadoniga sog‘-salomat olib borilgan.

Avvalroq Navoiy viloyati IIB xodimlarining tezkor harakati tufayli chegara postida 1 yashar qizning hayoti saqlab qolingan edi.

Shuningdek, Navoiyda karantin vaqtida o‘z uyini diskotekaga aylantirgan yoshlar jarimaga tortilgani hamda Navoiyda karantin vaqtida qimorxona tashkil qilgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan viloyatlar ro‘yxati e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют