» » Londonda COVID-19 bilan kasallangan er uydan ketishini talab qilgan rafiqasini urib o‘ldirdi

Londonda COVID-19 bilan kasallangan er uydan ketishini talab qilgan rafiqasini urib o‘ldirdi


Londonda yashovchi Husayn Egal xotinini urib o‘ldirib qo‘ydi, bunga ayolning eri koronavirus yuqtirib olganini bilganidan keyin uni uydan haydashga uringani sabab bo‘lgan. Bu haqda Daily Mail xabar qilgan.

Janjaldan keyin qo‘shnilar politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan, 66 yoshli Egal va uning rafiqasi 57 yoshli Maryan baland ovozda janjallashgan.

Mavzuga doir: Olimlar COVID-19’ning murdadan tirik odamga yuqishi bo‘yicha birinchi holat kuzatilganini ma’lum qildi

Chaqiriqdan keyin voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar ayolning uyda o‘lib yotganiga guvoh bo‘lgan. Maryan erining zarbalari oqibatida vafot etgan.

Husayn Egal politsiyachilar bilan suhbatda rafiqasini uydan ko‘chib ketishini talab qilgani sabab urganini tan olgan. Gumonlanuvchining xotini uning koronavirusga chalinganini bilganidan keyin eridan kvartiradan yo‘qolishini so‘ragan. Avval og‘zaki baqir-chaqir qilgan er-xotinning janjali yakunda mushtlashuvga aylangan va ayol erining kuchli zarbalariga dosh bera olmagan. Erkak esa qotillikda ayblanmoqda.

Mavzuga doir: Hindistonlik erkak xatolik bilan o‘ziga koronavirus tashxisini qo‘ydi va oilasiga yuqtirmaslik uchun o‘zini o‘ldirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют