» » Kanadalik olimlar koronavirus ko‘payishini bloklovchi preparatni topdi

Kanadalik olimlar koronavirus ko‘payishini bloklovchi preparatni topdi


Kanadaning Alberta universiteti olimlari COVID-19 koronavirusining ko‘payishini bloklovchi dori vositasini topdi. Tadqiqot natijalari Journal of Biological Chemisty ilmiy jurnali saytida e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gap Ebola bezgagini davolash uchun yaratilgan “Remdesivir” (RDV) dori vositasi haqida ketmoqda. Olimlarning ta’kidlashicha, mazkur dori RNK tuzilishi koronavirusnikiga o‘xshash Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) va SARS-CoV atipik pnevomiyasiga qarshi sinovdan o‘tkazilgan.

“Biz SARS-CoV, MERS-CoV hamda SARS-CoV-2’dan deyarli bir xil natijalarni oldik”, — deyiladi tadqiqotda.

Virusologlarning so‘zlariga ko‘ra, “Remdesivir”ni COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 virusiga qarshi to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi vosita sifatida baholash mumkin. Olimlar mazkur preparatni klinik sinovdan o‘tkazish zarurati haqida ma’lum qilgan.

Avvalroq yaponiyalik olimlar koronavirus ko‘payishini to‘xtatishi mumkin bo‘lgan preparat nomini aytgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirlarida Rossiyada koronavirusga qarshi kurash uchun 3 turdagi dori ishlab chiqilgan edi, AQShda esa koronavirusni bezgakka qarshi dorilar bilan davolashga ruxsat berilgan, O‘zbekistonda ham koronavirusni davolashda foydalanilayotgan preparat nomi ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют