» » Braziliyada 99 yoshli urush faxriysi koronavirusdan tuzaldi

Braziliyada 99 yoshli urush faxriysi koronavirusdan tuzaldi


Braziliyada Ikkinchi jahon urushi faxriysi bo‘lgan 99 yoshli Ernando Armelindo koronvirusdan tuzalishga muvaffaq bo‘ldi. U mamlakatda koronavirus aniqlangan eng keksa kishi bo‘ldi. Bu haqda G1 telekanali mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, u dastlab uyida davolangan, biroq 6-aprel kuni yo‘tali zo‘rayib ketgani tufayli koronavirus tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Oradan 8 kun o‘tib, 14-aprelda u butunlay sog‘aygan, kasalxonadan javob berilgan.

Shifokorlar bemor keksa yoshda bo‘lgani uchun kasallik unda og‘ir kechishidan xavotirlanib, intensiv terepiya bo‘limiga joylashtirgan. Biroq Ernando Armelindo o‘zi mustaqil nafas olgan va sun’iy nafas oldirish apparati  — IVLga ulab qo‘yishning ham keragi bo‘lmagan.

Yaqin kunlarda u koronavirusga qayta test topshirishi lozim. Ammo shifokorlarning u butunlay tuzalgani, test natijalari salbiy chiqishiga ishonchi komil.

Avvalroq 104 yoshli italiyalik ayol koronavirusdan tuzalgani, 107 yoshli niderlandiyalik ayol koronavirusdan tuzalgan eng keksa bemor bo‘lgani xabar berilgan edi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 26 684 kishini tashkil qilmoqda, kasallikdan 1 552 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют