» » “JCh—2022 mezbonligini AQSh yoki Yaponiyaga berish mumkin” — FIFA sobiq prezidenti

“JCh—2022 mezbonligini AQSh yoki Yaponiyaga berish mumkin” — FIFA sobiq prezidenti


FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionatini Qatarning o‘rniga qabul qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarni sanab o‘tdi.

“AQSh 2026-yilgi musobaqa bilan birga bu chempionatni ham o‘tkaza oladi. Ular bunga qodir, bu raketa yasash emas. Yaponiya ham musobaqani qabul qilishi mumkin. Ular JCh—2022 mezbonligiga da’vogar bo‘lgandi.

Baxtga qarshi 2022-yilgi Jahon Chempionatida 32 ta jamoa ishtirok etadi, FIFA prezidenti Janni Infanttino xohlagandek 48 ta emas. Tashkilotchilik JCh—2018 dagidan yuqori bo‘lmaydi”, — deydi Blatter.

Avvalroq AQSh yustitsiya vazirligi FIFAni Rossiya va Qatarni mezbon sifatida tanlashda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblagandi.

2022-yilgi Jahon Chempionati 21-noyabrdan 18-dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют