» » Instagram’dagi jonli efirni kompyuterdan ham ko‘rish imkoniyati taqdim etildi 

Instagram’dagi jonli efirni kompyuterdan ham ko‘rish imkoniyati taqdim etildi 


Instagram’dagi to‘g‘ridan to‘gri efirlarni endi kompyuterdan ham tomosha qilish mumkin, deb yozadi Engadget.

Koronavirus karantini tufayli butun dunyoda xonandalar Instagram’ning jonli efirida onlayn-konsertlar o‘tkazmoqda. Sportchilar mashg‘ulotlarini onlayn namoyish etmoqda. Instagram orqali hatto shoular ham uyushtirilib, mehmon studiyaga emas, balki jonli efirga taklif etilmoqda.

Shuning uchun karantin tufayli uyda o‘tirgan minglab insonlarga Instagram’ning jonli efirini kompyuterda ham ko‘rish imkoniyati haqiqiy ma’nodagi sovg‘a bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Kompyuter orqali jonli efir tomosha qilinayotganida izohlar va layklar ekranni yopib turmaydi, bu esa jarayonni yanada yoqimli qiladi. Bu Instagram’dagi konsert va boshqa tomoshalarni qulay sharoitda ko‘rish imkoniyatidir.

Biroq jonli efirni boshlash yoki unda ishtirok etish, avvalgidek, faqat smartfondan amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: Reyting: Instagram’da eng ko‘p obunachiga ega o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют