» » Italiyada mavsum 27-mayda “Yuventus”—“Milan” uchrashuvi bilan qayta boshlanishi mumkin

Italiyada mavsum 27-mayda “Yuventus”—“Milan” uchrashuvi bilan qayta boshlanishi mumkin


A Seriya kengashi koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan mavsumni may oyi oxirida Italiya Kubogi yarim final javob uchrashuvlari bilan qayta tiklashni taklif qildi.

Kubok yarim finalidan o‘rin olgan “Yuventus”—“Milan”, “Napoli”—“Inter” uchrashuvlari 27 va 28-may kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda. A Seriya bahslari esa 31-maydan start olishi taxmin qilinmoqda. Uchrashuvlar tomoshabinlarsiz bo‘lib o‘tadi.

Klublar rahbariyati bu masalani 21-mayga qadar ko‘rib chiqadi va muhokama qiladi.

Elatib o‘tamiz, “Milan” va “Yuventus” o‘rtasidagi ilk bahs 1:1 hisobi bilan yakunlangan, “Napoli” esa “Inter”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Mavzuga doir: “Yuventus”ning ikki nafar futbolchisi koronavirusdan xalos bo‘ldi

Italiyada 16-aprel holatiga koronavirus yuqtirib olganlar 165 ming nafarda oshdi. 21 mingdan ziyod kishi vafot etgan, 38 ming odam virusni yengib o‘tgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют