» » Davlat dasturlarini bajarishga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘larini qisqartirishda loyihalarning ustuvorligi va ijtimoiy yo‘naltirilganligi inobatga olinadi

Davlat dasturlarini bajarishga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘larini qisqartirishda loyihalarning ustuvorligi va ijtimoiy yo‘naltirilganligi inobatga olinadi


Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorni imzoladi. Bu haqda “O‘zA” xabar qilgan.

15-aprel kuni e’lon qilingan mazkur qarorda karantin davri O‘zbekistonda, asosan, joriy yilning II choragiga to‘g‘ri kelishi va shu davrda iqtisodiy faollikning sezilarli pasayishi davlat budjeti barqarorligiga xavf tug‘dirayotgani, shuning uchun kasallik tarqalishini maksimal darajada lokalizatsiya qilish va karantin muddatlari cho‘zilib ketishining imkon qadar oldini olish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ekani qayd etilgan.

Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha muhim tadbirlarni, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiya va nafaqalar hamda ustuvor davlat dasturlarini o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish maqsadida koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va budjet xarajatlarini maqbullashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli darajadagi budjet tushumlarini, shuningdek, respublika budjetidan ajratilayotgan transfertlarni, aksiz solig‘i bo‘yicha o‘tkazmalarni, budjet ssudalarini hamda boshqa mablag‘larni birinchi navbatda:

Moliya vazirligi kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga budjet ssudalarini muntazam ravishda ajratib boradi.

Prezident qarorida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok etayotgan tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari xodimlari, shu jumladan, yordamchi xodimlar hamda mazkur tadbirlarga jalb qilinayotgan boshqa tashkilot xodimlariga 2020-yilning 16-martidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan qo‘shimcha ustamalar to‘lash bo‘yicha taklif kiritish, besh kun muddatda tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari uchun qo‘shimcha ravishda binolar qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklangan.

Shuningdek, hujjatga asosan Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralarning soliqlar, majburiy yig‘imlar, bojlar, jarimalar hisobidan jamlanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlarini (xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va qonunchilikda belgilangan moddiy rag‘batlantirish xarajatlari bundan mustasno) qisqartirish va iqtisod qilingan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltirish vakolati berildi. Vazirlik, idoralar va ularning hududiy bo‘linmalari joriy yil 1-avgustiga qadar budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘xtatadi, moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan ularning biznes-rejalarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqishi, tasdiqlangan investitsiya dasturlari parametrlarining kuzatuv kengashlari tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi va o‘zgartirilishini ta’minlasin hamda ularning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib borishi lozim.

Shuningdek, ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarda 2019-yil uchun olingan va 2020-yilda olinadigan sof foyda bo‘yicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni to‘lig‘icha davlat budjetiga o‘tkazish yuzasidan tegishli choralarni ko‘riladi.

Prezident qarorida Vazirlar Mahkamasiga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyat yurituvchi ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushum yoki foydani taqsimlashning alohida rejimini belgilash huquqi ham berilganligi qayd etilgan.

Vazirlar Mahkamasiga o‘n besh kun ichida:

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 19-martda “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” Prezident farmoni, 2020-yil 26-martda esa “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” Prezident qarori, shuningdek, 2020-yil 3-aprelda “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют