» » Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarni ToshMI klinikasiga yotqizish boshlandi

Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarni ToshMI klinikasiga yotqizish boshlandi


Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarni Toshkent tibbiyot akademiyasi (ToshTA, sobiq ToshMI)ning ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizish boshlandi. Bungacha poytaxtda koronavirusga chalingan bemorlar Virusologiya instituti hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti klinikalariga yotqizilayotgan edi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov “O‘zbekiston 24” telekanalidagi chiqishida ma’lum qilishicha, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra 124 nafar bemor davolanmoqda, ulardan olti nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 1349 nafarga yetdi. Ulardan to‘rt nafari vafot etgan, 107 nafari esa sog‘aygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют