» » Apple hamyonbop yangilangan iPhone SE’ni taqdim etdi

Apple hamyonbop yangilangan iPhone SE’ni taqdim etdi


Apple kompaniyasi “uyga” tugmasiga va bir dona kameraga ega o‘zining hamyonbop iPhone SE qurilmasini taqdim etdi, deb xabar beradi The Verge.

Mazkur qurilma xuddi iPhone 8’ga o‘xshaydi, biroq ancha zamonaviy tavsiflarga ega. Telefonga 4,7 dyuymli ekran, hamda Touch ID tugmasi o‘rnatilgan.

Shuningdek, iPhone SE’ning orqa tomonida f/1,8 diafragmali 12 megapikselga ega kamera joylashgan. Hozirda ushbu kamera bitta kamerali iPhone tizimlari orasida eng yaxshisi deb atalmoqda. Kamera portret rejimini, Smart HDR va 4K videolarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Old tomoniga esa 7 megapikselli kamera o‘rnatilgan. Yuqori sinf iPhone’lari bilan solishtirilganda iPhone SE’da tungi suratga olish, yuzni tanish va naushniklarda qaytarish rejimi mavjud emas. Smartfon chang va namlikdan himoyalangan. U bir metr chuqurlikdagi suvda yarim soatgacha tura oladi.

Shuningdek, iPhone SE’da Qi standarti bo‘yicha simsiz hamda tezkor quvvatlanish funksiyasi mavjud. Apple’ning ta’kidlashicha, qurilma 30 daqiqada 50 foizga qadar quvvatlana oladi, biroq buning uchun alohida adapter sotib olish kerak.

Yangi iPhone’lar uchun buyurtma 17-apreldan boshlab qabul qilinadi, 24-apreldan esa yetkazib berish boshlanadi.

Mavzuga doir: iPhone 12’ning ko‘rinishi qanday bo‘ladi? Qurilmaning yangi surati paydo bo‘ldi

64 gigabayt ichki xotiraga ega qurilmaning narxi 399 dollar, 128 gigabaytlisi esa 449 dollardan sotuvga chiqadi. Yangi telefonlar yordamida Apple TV Plus’dan bir yil davomida bepul foydalanish mumkin. Smartfon qora, oq va qizil ranglarda ishlab chiqariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют