» » SpaceX’ning 60 ta sun’iy yo‘ldosh ortilgan Falcon 9 raketasi uchirilishi koronavirus sabab qoldirildi

SpaceX’ning 60 ta sun’iy yo‘ldosh ortilgan Falcon 9 raketasi uchirilishi koronavirus sabab qoldirildi


Amerikaning SpaceX kompaniyasi 60 ta sun’iy yo‘ldosh ortilgan Falcon 9 raketa tashuvchisini orbitaga chiqarishni kamida 1 haftaga kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda Spaceflightnow xabar bermoqda.

Gap Starlink dasturi doirasida butun sayyorani internet bilan ta’minlashi zarur bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlar haqida ketmoqda. Qayd etilishicha, Falcon 9 16-aprel kuni Florida shtatidagi Kanaveral sahrosidan uchirilishi taxmin qilingan edi, lekin uchirish keyinga qoldirilishining sababi ko‘rsatilmagan.

45-brigada qo‘mondoni general Duglas Shissning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda amerikalik harbiylar tomonidan koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, rejalashtirilgan kosmik parvozlarning qariyb barchasi kechiktirilmoqda.

Ma’lumot uchun, SpaceX Starlink dasturi ustida ishlashni 2014-yil yakunida boshlagan. Dastur orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘idan foydalangan holda butun sayyorani internet bilan ta’minlashi kerak. Umumiy hisobda 2024-yilga qadar orbitaga og‘irligi 100 kilogrammdan 500 kilogrammgacha bo‘lgan 12 mingta qurilmalar chiqarilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют