» » AQShda koronavirus qurbonlari soni 30 ming kishidan oshib ketdi

AQShda koronavirus qurbonlari soni 30 ming kishidan oshib ketdi


AQSh hududida COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 30 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 09:40 holatiga ko‘ra, AQShda 30 925 ta o‘lim holati qayd etilgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 639 055 kishiga yetdi, 52,6 ming kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 15-aprel kuni AQShda rekord darajada qurbonlar soni qayd etilgandi — 2228 kishi.

Mamlakatda eng og‘ir vaziyat Nyu-York shahrida hukm surmoqda. Nyu-York shahrining o‘zida 10,8 ming kishi koronavirus oqibatida vafot etgan, shtatda esa 214,6 ming kishi COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan. Butun dunyoda esa COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2 milliondan oshib ketdi.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Pentagon koronavirus tabiiy usulda kelib chiqqaniga yetarli dalillar borligini bildirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют