» » Yodgor Sadiyev Shaytanatning yakunlovchi qismi qachon va qayerda namoyish etilishiga aniqlik kiritdi

Yodgor Sadiyev Shaytanatning yakunlovchi qismi qachon va qayerda namoyish etilishiga aniqlik kiritdi


15-aprel kuni Shaytanat serialining yakuniy 21-qismi Zor TVda namoyish etilmadi. Telekanalning 15-aprelga moljallangan teledasturlari royxatidan Shaytanat seriali ham joy olgandi. Biroq soat 20:00 dan boshlab amerikalik kinoijodkorlarning Panjara ortida seriali namoyish etilishni boshladi.

Daryo muxbiri Mirolim Isajonov serialning nima sababdan efirga uzatilmaganiga aniqlik kiritish maqsadida Shaytanat rejissori va prodyuseri, Ozbekiston xalq artisti Yodgor Sadiyev bilan boglandi.

Shaytanatning 20 ta qismi Zor TVda namoyish qilinishidan avval Oq shomlar nomli korsatuvda maxsus telepremyera otkazdik. Men osha korsatuvda serial 21-qism bilan tugaydi, deb aytgandim. Ammo shunga qaramay, bazi odamlar asossiz gap-sozlar tarqatishyapti. Shaytanatning 22, 23 va 24-qismlari ham bor ekanligi, shunchaki, mish-mish xolos. Tomoshabinlarga yana bir bor aytaman, Shaytanat 21-qism bilan yakunlanadi.

Kopchilik kutayotgan 21-qism esa hali tayyor emas. Karantindan keyin montaj va ovoz berish jarayonlarini oxirigacha yetkazamiz. Songra Alisher Navoiy nomli kinosaroyda aktyorlarni yigib, premyera qilib beramiz, deydi Yodgor Sadiyev.

Ozbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning Shaytanat asari otgan asrning 90-yillarida dunyo yuzini korgan va on besh yildan ortiq vaqt mobaynida jami beshta kitob millionlab nusxada chop etilgan edi.

Yodgor Sadiyev rahbarligidagi Qalqon studiyasi tomonidan ishlangan Shaytanat seriali namoyishi boshlanganidan song kop otmay toxtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi. Serial 20 yil davomida televideniyeda qoyilmagandi. Serial voqealari otgan asrning 80-yillarida bolib otadi va undagi qahramonlarning barchasi toqima obraz ekani aytilgan.

2016-yilda bergan intervyusida Yodgor Sadiyev turmush ortogining ruhini shod etish uchun 21-qism ustidagi ishlarni yakunlab qoymoqchi ekanliginiaytgandi.

Bundan bir necha yil ilgari Shaytanatning 21-qismini suratga olib qoygandik, montaj qilinmagandi. Turmush ortogim Shuni oxiriga yetkazing, deb ozi ham kormay ketdi. Hozir uning shu iltimosini bajaryapman. Montaj tugadi, endi ovozlashtirish ishlarini nihoyasiga yetkazsak, uning iltimoslaridan birini bajargan, ruhini shod qilgan bolaman, degandi Yodgor Sadiyev.

2019-yilda bergan intervyusida Yodgor Sadiyev 21-qism yakuniy qism bolishiniaytgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-04-2020, 11:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
:
-
:
20 ... -