» » Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha tender e’lon qilindi

Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha tender e’lon qilindi


O‘zbekiston Energetika vazirligi Qoraqalpog‘istonning Qarao‘zak tumanida 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender e’lon qildi. Bu haqda vazirlik matuot xizmati xabar berdi.

Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarni ushbu loyiha bo‘yicha obyektlarni rivojlantirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va ulardan foydalanishda ishtirok etishga taklif etadi.

Ushbu shamol energiyasi loyihasi bo‘yicha birinchi tender Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘magi bilan umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qarao‘zak tumanida ushbu shamol elektr stansiyasini va tegishli infratuzilmani qurish uchun joy tanlangan. Ayni paytda ushbu hududda ekologik tadqiqotlar va qushlarning migratsiyasini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, birinchi elektr stansiyasi quriladigan maydon yaqinida umumiy quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun shunga o‘xshash tender o‘tkaziladi. Loyiha O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli strategiyaning bir qismidir.

Ushbu strategiya mamlakatda iqtisodiy o‘sib borayotgan elektr energiyasi iste’molini qondirish uchun kelgusi 10 yil ichida quvvati 3 GVt gacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalari qurilishini ko‘zda tutadi.

Mavzuga doir: Samarqand va Jizzaxda quyosh elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha tender e’lon qilindi

2019-yilning avgust oyida Prezident qaroriga asosan Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari qurish bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish belgilangan edi. Oktabr oyida esa Birlashgan Arab Amirliklari Navoiyda 100 mVt quvvatli quyosh elektr stansiyasini qurishi ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 33) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют