» » Tom Xenks koronavirusga qarshi vaksina uchun qon berdi

Tom Xenks koronavirusga qarshi vaksina uchun qon berdi


Gollivud aktyori Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishga donor bo‘ldi, deb yozadi Independent.

Mart oyida koronavirusni boshdan kechirgan juftlikning qonidagi virusga qarshi antitana olimlarga vaksina yaratishga yordam berishi mumkin. “Javobni kutyapmiz”,  — deydi aktyor.

Rita Uilson intervyulardan birida kasallik vaqtida qanday simptomlarni boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, unda kuchli holsizlik, yuqori tana harorati kuzatilgan, unda ta’m va hid bilish qobiliyati yo‘qolgan.

Tom Xenksda esa tana harorati me’yorida bo‘lgan, hid va ta’m bilish qobiliyati ham yo‘qolmagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют