» » Amerikalik ayol uy sharoitida qanday qilib McDonald’s gamburgeri tayyorlashni ko‘rsatdi

Amerikalik ayol uy sharoitida qanday qilib McDonald’s gamburgeri tayyorlashni ko‘rsatdi


Facebook’dagi Homemade guruhiga amerikalik uy bekasi o‘zi tayyorlagan hamda ko‘rinishidan originali bilan deyarli bir xil McDonald’s gamburgeri suratini joyladi, deb yozadi The Sun.

Shunday qilib, u kotlet uchun yarim kilogramm mol go‘shti qiymasidan foydalangan. Qiymani tuzlab, keyin unga yupqa yumaloq shakl bergan. Kotletlar o‘qlov yordamida tekislab olingan va yog‘da ikki daqiqa davomida ikki tomonlama qovurilgan.

Sous uchun mayonez (bir stakan), sarimsoq sousi (bir osh qoshiq), piyoz sousi (bir yarim choy qoshiq), xantal, paprikadan foydalanildi. Ularning hammasi aralashtirilgan. Gamburger noni ham uyda oshirma xamirdan pishirilgan, usti esa kunjut bilan bezatilgan.

“Bulochka pishirib oling va burgerni tayyorlashni boshlang. Birinchi kotletni, keyin qolgan mahsulotlar: sous, salat barglari, piyoz, bodringni qo‘ying hamda ajoyib burgerni maza qilib tanovul qiling!”, — deydi retsept muallifi.

Internet foydalanuvchilari ayolga burger retsepti uchun minnatdorchilik bildirgan. “Uyda bor narsalardan foydalanib, mazali yeguliklarni tayyorlash ajoyib!”, — deb yozadi Facebook foydalanuvchilaridan biri.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют