» » Toshkentda karantin vaqtida YPX inspektoriga bo‘ysunmagan Captiva haydovchisi daraxtga urildi

Toshkentda karantin vaqtida YPX inspektoriga bo‘ysunmagan Captiva haydovchisi daraxtga urildi


Yunusobod tumanida yo‘l-patrul xizmati xodimlarining to‘xtash to‘g‘risidagi talablariga bo‘ysunmagan Captiva daraxtga borib urildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15-aprel kuni soat 19:50 larda Captiva rusumli avtomobilning 23 yoshli haydovchisi Xalqobod ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmay harakatlanishda davom etib, boshqaruvni yo‘qotgan va daraxt bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Shundan so‘ng haydovchi to‘qnashuvni rasmiylashtirish uchun kelgan YPX inspektorlarining xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilib, ularga bo‘ysunmay haqoratli so‘zlarni ishlata boshlagan.

Shunga qaramay to‘qnashuv rasmiylashtirilgan, haydovchi spirtli ichimlik iste’mol qilgani ma’lum bo‘lgan.

Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga ko‘ra ma’muriy dalolatnomalar tuzilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan. To‘plangan materiallar Yunusobod tuman ma’muriy sudiga topshirilgan.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Toshkent viloyati Bekobod shahrida Captiva’da o‘yinchoq avtomatini maqtangan yigit kechirim so‘ragani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют