» » Muxlislar o‘rniga manekenlar. Germaniyada stadionlar muxlislarning suratlaridan yasalgan manekenlar bilan to‘ldiriladi

Muxlislar o‘rniga manekenlar. Germaniyada stadionlar muxlislarning suratlaridan yasalgan manekenlar bilan to‘ldiriladi


Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi muxlislari stadiondan o‘yinni kuzatishning o‘ziga xos “yo‘li”ni topdi.

Germaniya Bundesligasida mavsum may oyidan davom ettirilishi kutilmoqda, biroq uchrashuvlar katta ehtimol bilan 2021-yilga qadar tomoshabinlarsiz o‘tadi.

Biroq “Borussiya M” fan klubi “Sei dabei. Trotzdem” (“Nima bo‘lganda ham, shu yerda bo‘ling”) aksiyasini joriy qildi. Unga ko‘ra jamoaning bo‘lajak o‘yinlarini tribunalarda plastik manekenlar kuzatib boradi.

Har bir muxlis maxsus saytga suratini joylagan holda o‘ziga ma’qul kelgan joyni tanlaydi. Plastik manekenning narxi 19 yevro turadi. Undan tushgan mablag‘ beshga bo‘linadi. Pulning asosiy qismi (12,5 yevroga yaqin) maneken yasash uchun ketadi: bu orqali klub to‘xtab qolgan ayrim kichik bizneslarning vaqtinchalik faoliyatiga yordam bermoqda. 2 yevro “Borussen helfen Borussen” xayriya fondi, yana 2 yevro “Borussiya M” fondi va qolgan 2,5 yevro chiptalar band qilishga sarflanmoqda.

Aksiyaning ilk kunida mingdan oshiq chipta sotilgan, bir hafta ichida stadionga virtual tashrif buyurishni istaganlar soni 7 ming nafarga etgan. Tashkilotchilar Bundesliga o‘yinlari boshlangunga qadar 54 ming sig‘imli tribunalarni to‘ldirishga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Minskning “Dinamo” klubi mazkur aksiyani boshlab bergandi. Biroq Belarusda chempionat davom etmoqda va muxlislar o‘yinlarni stadiondan tomosha qilish imkoniyatiga ega.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют