» » O‘zbekistonda necha kishi karantin qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda necha kishi karantin qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi


IIV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar belgilangan qoidalarga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 68 239 ta holat aniqlandi.

Qayd etilishicha, eng ko‘p — 11 867 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida aniqlanmoqda. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 9 907  tani tashkil etmoqda. Respublikaning boshqa hududlarida aniqlangan qoidabuzarliklar soni esa quyidagicha:

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash doirasida Toshkent shahri va bir qator shaharlarga transportning kirish-chiqishi cheklandi, viloyatlararo transport harakati to‘xtatildi, shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi, fuqarolarga zaruratsiz uydan chiqmaslik tavsiya etildi. O‘zbekistonning yirik shaharlarida “o‘zini yakkalash” tartibi joriy etildi. Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi 514 ta mahalla qoshida karantin tartibini nazorat qiluvchi “Jamoatchilik nazorati maskani” tashkil etildi.

Mavzuga doir: Adliya vazirligi karantin va “o‘zini yakkalash” tushunchalari o‘rtasidagi farqni tushuntirdi

Ayni paytda O‘zbekistonda karantinning qachon tugashi  noma’lum. U Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda karantin may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha kattaligini aytgandi.

Avvalroq O‘zbekistonda fuqarolarga karantin qoidalarini buzganligi haqida SMS jo‘natib, pul undirmoqchi bo‘layotgan firibgarlar paydo bo‘lgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют