» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 128 nafarga yetdi. Xorazmda yana bir nafar bemor reabilitatsiyaga kuzatildi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 128 nafarga yetdi. Xorazmda yana bir nafar bemor reabilitatsiyaga kuzatildi


Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 16 aprel, payshanba kuni, koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir nafar bemor butunlay sog‘ayib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sog‘aygan 33 yoshli bemor 22-mart kuni charter reys orqali Rossiyadan Xorazmga kelgan va karantinga olingan edi. Unda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Uning tuzalishida, shu bilan birga, boshqa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarda samarali davolash muolajalari olib borishda mazkur shifoxona tibbiyot xodimlarining birdamlikda olib borayotgan sa’y-harakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1349 kishiga yetdi

Vazirlikga ko‘ra, ayni paytga qadar O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 128 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

O‘zbekistonda 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1349 nafarga yetdi. O‘zbekistonda o‘tgan bir oy davomida koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 15-aprel kuni koronavirusdan tuzalganlar soni 107 kishiga yetgan edi. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning uch nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют