» » Rossiyada og‘ir hayot sharoitlariga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish uchun “Saxovat” markazi tashkil etildi

Rossiyada og‘ir hayot sharoitlariga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish uchun “Saxovat” markazi tashkil etildi


O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ko‘magida bir guruh o‘zbekistonliklar “Saxovat” yordam markazini tashkil etdi.

Ularning asosiy vazifasi COVID-19 pandemiyasi sababli Rossiyada og‘ir hayot sharoitlariga tushib qolgan o‘zbekistonliklar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishdir.

“Saxovat” yordam markazi 16-apreldan boshlab “saxovat.rf” portali orqali va markazning Facebook sahifasida yordam so‘rovnomalarini qabul qilishni boshlaydi.

Shundan so‘ng markaz xodimlari Moskva va Moskva viloyatida yashovchi muhtoj o‘zbekistonlik fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni manzillariga yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Yordam, birinchi navbatda, ayollarga, qariyalarga, nogironlar va yosh bolalarga ko‘rsatiladi.

Shuningdek, markaz +79167977772 ishonch telefoni orqali o‘zbekistonliklarga bepul axborot-huquqiy yordam ko‘rsatadi.

Ushbu markazga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga bank pul o‘tkazmalari orqali yordam berishi yoki “Saxovat” yordam markazining volontyori bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda ikki davlat o‘rtasidagi charter reyslar to‘xtatilgan. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Rossiya hukumati tomonidan tavsiya etilayotgan virusga qarshi kurashish chora-tadbirlariga amal qilishga chaqirgandi.

Moliyaviy muammolarni mehnat migrantlarining ahvoliga allaqachon ta’sirini o‘tkazgan rubl kursi ham yanada chuqurlashtirishi mumkin.

Avvalroq koronavirus pandemiyasi tufayli Turkiyaning Istanbul shahrida og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam aksiyasi uyushtirilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют