» » AQSh Rossiya sun’iy yo‘ldoshga qarshi raketani sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi

AQSh Rossiya sun’iy yo‘ldoshga qarshi raketani sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi


AQSh Harbiy-havo kuchlarining kosmik qo‘mondonligi Rossiya 15-aprel, chorshanba kuni, to‘g‘ridan to‘g‘ri tutishga qodir sun’iy yo‘ldoshga qarshi raketani sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi.

Qo‘mondonlikning ta’kidlashicha, ushbu raketa Yerning past orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshni urib tushirishga qodir. Sinov Amerika su’niy yo‘ldoshini kuzatgan “Kosmos 2542” hamda “Kosmos 2543” kosmik sun’iy yo‘ldoshlarining manyovridan keyin amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, AQSh Davlat departamentining 2019-yil bo‘yicha hisobotida yozilishicha, Rossiya yadroviy qurolni ham sinovdan o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Davlat departamentining ta’kidlashicha, Moskva ushbu sinovlar haqida Vashintonni ogohlantirmagan. Hisobotga ko‘ra, AQSh Rossiya necha marotaba sinov o‘tkazganini bilmaydi va sinovlar 2019-yilda ham o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmagani noma’lum.

Mavzuga doir: Rossiya ilgari xabar qilinmagan joylarda 9M729 qanotli raketalarini joylashtirdi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning fevralida prezident Putin Rossiyaning kelajak quroli haqidagi tafsilotlarni ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют